Eltuvchi 3
Eltuvchi 3 (fransuzcha: Le Transporteur 3) — 2008-yilda ingliz tilida chiqarilgan fransuz jangari filmidir. Eltuvchi trilogiyasining uchinchi va oxirgi qismidir. Ikkalasida ham bir xil rollar takrorlanadi. Olivier Megaton tomonidan suratga olingan seriyadagi birinchi film Fransiyaga qaytib kelgan professional „haydovchi“ Frank Martinning hikoyasini davom ettiradi. Film $109 milliondan ortiq daromad olib, uni trilogiyadagi eng koʻp daromad keltirgan filmga aylantirdi.
Eltuvchi 3 | |
---|---|
Le Transporteur 3 | |
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Olivier Megaton |
Prodyuser(lar) |
Luc Besson Steve Chasman |
Ssenariynavis(lar) | Luc Besson |
Rollarda |
Jason Statham Robert Knepper François Berléand Natalya Rudakova |
Bastakor(lar) | Alexandre Azaria |
Distribyutor | EuropaCorp |
Chiqarilgan sanasi | 2008 |
Davomiyligi | 99 daqiqa |
Mamlakat | Fransiya |
Byudjeti | €30 million |
Daromadi | $109 million[1] |
Avvalgi film | Eltuvchi 2 |
Keyingi film | Eltuvchi: Meros |
Syujeti
tahrirFrank Martin Mayamiga Fransiya Rivierasidan qaytib keladi. Doʻsti, politsiya inspektori Tarconi bilan baliq ovlaydi. Tarconi bu vaqtda qora Audi A8 shaharda polisiyadan qochayotgani haqida xabar eshitadi. Bir vaqtda Ukrainaning Odessa shahrida mamlakat ekologiya vaziri Leonid Tomilenko ekologik xizmatlar koʻrsatuvchi „Ecocorp“ shirkatining rasmiysi Jonas Jonson tomonidan biznes muzokaralarini qayta boshlash uchun tahdidli xat oladi.
Frank avvalgi ishidan bosh tortganida doʻsti Malcolm Manvillega murojaat qilgan edi. Shu kechada Malcolm Frankning oʻziga tegishli Audi avtomobilida uning uyiga yarador holda keladi. Feldsherlar Malcolmni olib ketishayotganda, Frank Audining orqa oʻrindigʻida uni mashinadan olib ketmaslik haqida ogohlantiradigan ayolni topadi. U Malcolm va oʻzi kiygan metall bilaguzukni koʻrsatadi. Bilaguzuk bilan mashinadan uzoqlashgan Malcolm, tez yordam mashinasida portlab ketadi. Frankni Jonsonning odamlaridan biri qoʻlga oladi.
Jonson Frankning qoʻliga portlovchi bilaguzuk taqib, uni yuklar va Ukraina ekologiya vazirining qizi – Valentina ismli ayolni Budapeshtga olib borishiga majbur qiladi. Tomilenko Ecocorpning kimyoviy moddalar bilan kemani oʻz mamlakatiga olib kirishga imkon beradigan shartnomasini imzolashni keyinga qoldirish boʻyicha muzokaralar olib boradi. Tarconi Jonsonning ishlarini oʻrganayotgan paytda, Frank bilaguzukni oldirish uchun garajga keladi va belgilangan yoʻldan chiqib ketadi. Uning mexanik doʻsti Otto mashinadagi qurilmani zararsizlantira olmaydi. Budapeshtda Jonson Frankka ishdan boʻshatilganligini aytadi. Jonsonning odamlaridan biri Valentina bilan Audini oʻgʻirlaydi. Frank uni velosipedda quvib yetadi va joyiga qaytadi.
Jonson Frankni Buxarestga yuboradi. Frank va Valentinani Tomilenkoning agentlari boshqaradigan qora Mercedes-Benz taʼqib qiladi va poygada halokatga uchraydi. Yukxonani ochgan Frank, Valentinaning haqiqiy joʻnatma ekanligini tushunadi. Tomilenkoning qizi ekanligi aniqlangan Valentina, Ibizada qoʻlga olinganini va Jonson uning otasini shantaj qilganligini tushuntiradi.
Jonson uni Odessaga yoʻnaltiradi, uning odamlari Frankni koʻprikda oʻrab olishadi. Valentina Jonsonga yetkazilgan va uning bilaguzugini olib tashlagan boʻlsa-da, Jonsonning odamlari Frankning mashinasiga oʻq uzishadi. Frank avomobilni koʻprikdan koʻlga haydab, shinalaridagi havo yordamida suzuvchi qurilmani puflab, omon qoladi. Poyezdda Jonson Tomilenkoga Valentina bilan gaplashishga imkon beradi va Tomilenkoda shartnoma imzolash uchun 15 daqiqa vaqt paydo boʻladi. Tarconi va Ukraina politsiyasi Frank va Audini olib kelishadi. Frank taʼqib qilishni davom ettiradi. Jonson va uning odamlari boʻlgan poyezdga sakrab chiqadi. Jonsonning barcha odamlarini yengadi.
Frank Jonsonni tutadi va uni avtomobilga bilaguzuk bilan bogʻlab, Jonson ushlab turgan mashinasini teskari tomonga yuboradi. Jonson portlab ketadi. Tarconidan Valentinaning xavfsiz joydaligini eshitgan Tomilenko Ecocorp shartnomalarini yirtib tashlaydi. Ecocorpga tegishli yuk kemasi politsiya tomonidan qoʻlga olinadi.
Manbalar
tahrir- ↑ box office data, 5-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 6-noyabr 2015-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format ()