Almazbek Atambayev
Qiyofa
Atambayev Almazbek Sharshenovich Атамбаев Алмазбек Шаршенович | |
---|---|
Qirgʻiziston Prezidenti | |
Mansab davri 2011-yil – 2017-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Roza Otunbayeva |
Vorisi | Soʻronboy Jeenbekov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
17-sentyabr 1956-yil Arashan, Olamudin tumani, Chuy viloyati, Qirgʻiziston |
Mukofotlari |
Almazbek Sharshenovich Atambayev — 2011-2017 yillarda Qirgʻiziston Prezidenti.
Biografiyasi
- 1956-yilning 17-sentyabrida Qirgʻiziston Respublikasi Chuy viloyati Olamudin tumani Arashan qishlogʻida tugʻilgan.
- 1980-yilda Moskva boshqaruv institutini tamomlagan. [1][2].
- Mehnat faoliyatini Qirgʻiziston SSR aloqa vazirligi korxonalarida muhandis, yetakchi iqtisodchi sifatida boshlagan.
- 1981-yilda 4-yoʻl foydalanish boshqarmasi bosh muhandisi lavozimiga oʻtkazildi.
- 1983-yildan beri Sovet ishlarida: Qirgʻiz SSR Oliy Kengashining Rayosatida katta referent.
- 1983-yildan beri SSSR yozuvchilar uyushmasining aʼzosi boʻlgan.
- 1987-yildan 1989-yilgacha — Frunze Pervomayskiy tuman ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.
- 1989 yilda u barcha lavozimlarni tark etdi va tadbirkorlik faoliyatini boshladi. Avval 1997-yilgacha „Forum“ ilmiy-ishlab chiqarish firmasi direktori, soʻngra 1997 yildan 1999-yilgacha „Qirgʻizavtomash“ AJ Bosh direktori lavozimida ishlagan. 1999-2004 yillarda „Forum“ sanoat guruhi direktorlar kengashi raisi lavozimida ishladi.
- 1995-yildan 2000-yilgacha 2-chaqiriq Jogorku Kenesh Xalq vakillari Kengashi deputati. U oʻz hududida 3-chi chaqiriq Jogorku Keneshi deputatligiga nomzod sifatida qayta nomzod qilib koʻrsatildi. 2000 yilda Qirgʻiziston Respublikasi Prezidentligiga saylovda uchinchi oʻrinni egalladi.
- 2005-2006 — Qirgʻiziston Respublikasi sanoat, savdo va turizm vaziri. Lola inqilobidan soʻng, 2007 yil 30 martdan 28 noyabrgacha — respublika bosh vaziri.
- 7-aprel 2010-yilda Aprel inqilobidan soʻng, vaqtinchalik hukumat boshligʻining iqtisodiyot boʻyicha oʻrinbosari. 2010 yil 13 iyulda isteʼfoga chiqdi.
- 2010-yil 17-dekabr kuni Qirgʻiziston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi boʻyicha birinchi bosh vazir etib saylandi.
- Respublika prezidenti lavozimiga uch marta nomzod qilib koʻrsatildi. Uchinchi marta, 2011 yil 30 oktyabrda — birinchi turda Qirgʻiziston prezidenti etib saylandi. 2011-yil 1-dekabrda lavozimga kirishgan.
- 2019-yil 8-avgust kuni korrupsiyada ayblanib qoʻlga olindi.[3]
- 2020-yilning 23-iyun kuni Bishkek shahri Pervomayskiy tuman sudining qarori bilan, Almazbek Atambayev oʻn bir yil va ikki oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi, shuningdek, barcha davlat mukofotlari va mol-mulklaridan mahrum etildi. Parlament saylovlaridan keyingi ommaviy tartibsizliklar fonida 5-oktyabr kuni qamoqdan chiqib ketishga erishgan[4]
- Atambaev gitarada qoʻshiqlar ijro etgan, yozishni yaxshi koʻradi.
- Qirgʻiziston sobiq prezidenti Asqar Akayevning 2014-yil 21-fevralda „7-kanal“ning "achiq soz" (ochiq suhbat) dasturida bergan intervyusida Atambayev "1990-yillarda yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qilgan paytida, Rossiya tomonidan berilgan 50 million rubl grantini oʻzlashtirganini" aytgan.
Manbalar
Turkum:
- 17-sentyabrda tugʻilganlar
- 1956-yilda tugʻilganlar
- Danaker ordeni kavalerlari
- Qozogʻistonning Doʻstlik ordeni sohiblari
- Serbiya Respublikasi lentali ordeni sohiblari
- Rossiyaning Aleksandr Nevskiy ordeni sohiblari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Davlat yetakchilari haqidagi chala maqolalar
- Prezidentlar
- Qirgʻiziston Bosh vazirlari
- Qirgʻiziston Prezidentlari