Tuyoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tuyoq — baʼzi sut emizuvchilar (asosan, tuyoqlilar) barmogʻi uchidagi muguz tuzilma. T. quruklikda harakatlanishga moslana borish jarayonida tirnoqning oʻzgarishidan kelib chiqqan. Yumshoq yerda yashaydigan hayvonlar tuyogʻi keng va yassi (mas., shimol bugʻusi), togʻlarda hayot kechiradigan hayvonlar tuyogʻi esa ingichka hamda mustahkam (mas., echki). Fillar tuyogʻi barmoqning faqat oldingi qismini oʻrab turadi.