Arkanzas
Arkanzas (inglizcha: Arkansas, talaffuzi: Arkensoʻ) — AQSH janubidagi shtat, Missisipining oʻng sohilidagi sertepa tekislikda. Maydoni 137,5 ming km². Aholisi 2,4 mln. (1993). Maʼmuriy markazi — Litl-Rok shahri. Qishi iliq, yozi issiq, yogʻin koʻp (1000 mm dan ortiq), tuprogʻi, asosan, qizil, sariq va allyu-vial. Daryo vodiylari va qayirlarida subtropik oʻrmon (sarv, kamed daraxti va boshqalar), qirlarda qaragʻay-dub oʻrmonlari bor. Arkanzasda qattiqyogʻoch tayyorlanadi. Arkanzas (shtat)da aso-san tovar mahsuloti ishlab chiqariladi. Paxta, soya, sholi ekiladi; Arkanzas AQSH dagi asosiy paxtachilik rayonlaridan biri. 626Chorvachilikda goʻsht uchun joʻja boqish (broyler) asosiy urin tutadi. Bok-sit qatlamlarini qayta ishlash boʻyicha AQShda 1-oʻrinda. Oziq-ovqat, oʻrmon, yogʻochni qayta ishlash, sellyuloza-qogʻoz, kimyo sanoati, radioelektron tovarlar ishlab chiqarish yaxshi yoʻlga quyilgan.[1]
| |||||
---|---|---|---|---|---|
Shtat | |||||
| |||||
Shtat laqabi: | |||||
Mamlakat | AQSh | ||||
Poytaxt | Little Rock | ||||
Eng yirik shaharlar | Little Rock Fort Smith Fayetteville | ||||
Maydon • Butun |
AQSh: 29-oʻrinda 137,732 km² | ||||
Aholi • Butun (2021) |
AQSh: 32-oʻrinda 2,779,154 | ||||
YIM |
AQSh: 34-oʻrinda $80,902 million | ||||
Ittifoqqa kirish • Sana |
25-boʻlib 14-iyun 1836 | ||||
Vaqt | UTC-6 (CST) | ||||
Qisqartma | AZ [4] | ||||
Shtat guli | Apple blossom | ||||
Shtat daraxti | Loblolly Pine |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |