(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Google reklamalari - Vikipediya

Google reklamalari (Google Ads) – bu Google tomonidan ishlab chiqarilgan onlayn reklama platformasi boʻlib, undan reklama beruvchilar internet foydalanuvchilariga reklamalar, servis xizmatlari, mahsulot kataloglari va videoroliklar taqdim etishda foydalanishadi. Reklamalar Google Qidiruv (Google Qidiruv tarmogʻi) kabi qidiruv tizimlari natijalariga, mobil ilovalarga, videolarga va turli veb-saytlarga joylashtiriladi. Ushbu xizmat pay-per-click (PPC) narxlash modeli asosida taklif etiladi.

Google reklamalar
Ishlab chiquvchiGoogle
Chiqarilgan sana23-oktyabr 2000-yil, 22 yil oldin
JanrQidiruv reklamasi
Vebsayt:https://ads.google.com/

Google reklamalari Alphabet Inc. korparatsiyasining asosiy daromad manbai hisoblanib, u kompaniyaga 2022-yilda US$224.47 milliard qiymatida daromad keltirdi.

Tarixi

tahrir
Servisning sobiq logotipi

Google 2000-yilda AdWords-ni ishga tushirgan. Dastlab Google oʻzi reklama kampaniyalarini oʻrnatgan va boshqargan. Google tez orada kichik biznes va oʻz kampaniyalarini boshqarishni istaganlar uchun AdWordsning oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish portalini taqdim etdi.

2005 yilda Google „Jumpstart“ deb nomlanuvchi reklama kampaniyalarini boshqarish xizmatini ishga tushirdi.

2008-yilda Google oʻquv yurtlari talabalarining oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun Google Onlayn Marketing Challenge platformasini ishga tushirdi.

2013-yil aprel oyida Google koʻpchilik foydalanuvchilar uchun moʻljallangan kampaniyalarni boshqarish maqsadida AdWords ga yanada yaxshilangan reklama kampaniyalari tizimini qoʻshish haqida eʼlon qildi. Ushbu yaxshilangan kampaniyalar konvertatsiyalar haqidagi aniq hisobotlarni ham oʻz ichiga oladigan boʻldi.

2016-yil iyul oyida Google „Showcase Shopping“(ingl. Xarid koʻrgazmasi) reklamalarini taqdim etdi. Ushbu rekalama formatlari yordamida sotuvchilar oʻz mahsulotlari toʻgʻrisida qidiruv natijalariga turli qidiruv soʻrovlari va kalit soʻzlar bilan bogʻliq rasmlar qoʻshish imjoniyatiga ega boʻlishdi[1].

2017-yil oktyabrida, Google AdWords’ning kunlik byudjetini qayta koʻrib chiqib, oldingi 120% dan maksimum 200% gacha etib belgiladi. Ushbu yangilik eʼlon qilingan kunning oʻzidayoq joriy etildi, bu esa bir qator qidiruv tizimlari boʻyicha mutaxassislarning tanqidiga sabab boʻldi. Biroq, keyinroq Google bu oʻzgarish faqat 30 kundan kam boʻlgan qisqa muddatli reklama kampaniyalariga taalluqli boʻlishini va 30 kundan ortiq davom etadigan reklama kampaniyalari uchun toʻlongan toʻlovlari qaytarilishini maʼlum qildi[2].

2018-yil 27-iyundan Google oʻzining AdWords tizimini qayta nomlab, 2018-yil 24-iyuldan Google Ads sifatida tashkil etilishini eʼlon qildi[3].

Funktsionallik

tahrir

Google Ads tizimi qisman cookie-fayllarga va reklama beruvchilar tomonidan taklif etilgan kalit soʻzlarga asoslanadi. Google ushbu parametrlardan reklamalarni unga aloqador boʻlgan boshqa veb-sahifalarga joylashtirish uchun foydalanadi. Reklama beruvchilar faqatgina foydalanuvchilar reklamaning ustiga bosib, boshqa sahifalarga yoʻnaltirilganida toʻlovni amalga oshirishadi Reklamalar mahalliy, millatlar yoki xalqaro miqyosda joylashtirilishi mumkin.

Google matnli reklamalarni oʻrtacha qidiruv natijalari Googleda qanday paydo boʻlishiga qarab joylashtiradi. Tasvirli reklamalar esa Interaktiv reklama byurosi (IAB) tomonidan belgilangan bir nechta standartlashtirilgan oʻlchamlardan birida boʻlishi mumkin. 2016 yil may oyida Google yanada kengaytirilgan matnli reklamalar xizmatini eʼlon qildi, bu esa reklamaga 23% koʻproq matn joylashtirishga imkon beradi.

Reklama beruvchi tashkilotlar Google qidiruv tizimidan tashqari, Googlening oʻzaro hamkor tarmoqlarida ham oʻz reklamalarini joylashtirish imkoniyatiga ega. Bunda ushbu tarmoq aʼzolari daromadning bir qismini olishadi.

Boshqa tashqi qidiruv tizimi marketing agentliklari va konsultantlardan farqli ravishda, Google oʻzining akkount menejerlari jamoasiga ega.

Har safar foydalanuvchi Google’da qidiruv amalga oshirganda, Google Ads real vaqt rejimida kuzatuv oʻtkazib, qidiruv natijalari sahifasida qaysi qidiruv eʼlonlari namoyish etilishini hamda reklamaning joylashuv oʻrnini aniqlaydi. Shunday qilib, Google Ads kampaniyasining narxi turli omillarga, jumladan, reklama beruvchining har bir reklama bosilishiga toʻlamoqchi boʻlgan maksimum mablagʻiga va reklamaning sifat koʻrsatkichiga(uning dolzarbligi, koʻrish chastotasi va reklama kengaytmalariga) bogʻliq hisoblanadi.

Texnologiya

tahrir

AdWords tizimi dastlab MySQL maʼlumotlar bazasining ustiga qurilgan edi. Tizim ishga tushirilgandan soʻng, uning oʻrniga Oracle-dan foydalanishga qaror qilindi, ammo ushbu tizim ancha sekin ishlay boshlaganidan soʻng MySQL-ga qaytishdi. Oxir-oqibat, Google reklama biznesi uchun Google F1 deb nomlanuvchi maxsus Relational(Oʻzaro bogʻlangan) maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimi(ingl. RDBMS) ni ishlab chiqdi. Interfeys elektron jadvallarni tahrirlash, qidiruv hisobotlari va konversiya koʻrsatkichlari toʻgrisida maʼlumotlarni taqdim etadi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Marty Swant.. „Google Launches Smarter, More Visual Ads Timed for Holiday Shopping“. Adweek (2016-yil 12-iyul). Qaraldi: 2016-yil 22-iyul.
  2. Ginny Marvin.. „UPDATED The AdWords 2x budget change: Considering the potential impact“. Search Engine Land (2017-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 9-noyabr.
  3. „Introducing simpler brands and solutions for advertisers and publishers“ (2018-yil 27-iyun). Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.

Havolalar

tahrir