(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Monodiya - Vikipediya

Monodiya (yun. — yakkaxon xonanda qoʻshigʻi) — 1) Yunonistonda joʻrsiz yoki cholgʻu (kifara, avlos) jurligidagi yakkaxon xonanda ijrosi; 2) 16-asr Italiyada yunon dramasiga taklidan yuzaga kelgan musiqa uslubi, cholgʻular akkordlari jurligida yakkaxon xonanda kuylashi (Ya. Peri, J. Kachchini, K. Monteverdilarning opera va madrigallari; 3) keng maʼnoda — har qanday bir ovozli kuy; 4) 1970-yillardan boshlab (shu jumladan, Oʻzbekistonda) musiqashunoslar tomonidan M. atamasi musiqiy tafakkur turi maʼnosida ham tushuniladi. Unda garmoniya, polifoniya yoʻnalishidagi koʻp ovozli musiqadan farqli oʻlaroq ovozlarning oʻzaro nisbatlari ichki uygʻunlikka asoslanadi; yaʼni M. tarkibidagi ovozlar kuyning umumiy yoʻnalishiga boʻysunadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil