Savdo
Savdo — 1) tovar muomalasining bir turi, mehnat mahsulotlari va xizmatlarni oldisotdi yoʻli bilan ayirboshlash shakli. Bunda tovar haridi miqdori, tovar sifati, sotishdan oldin yoki keyin xizmatlar koʻrsatish, sotib olingan tovar yoki xizmat haqini hisobkitob qilish tartibi va boshqa shartlashiladi; 2) sotuvchilar va haridorlar oʻrtasidagi qiymat almashuviga doir munosabatlar. Tovar ishlab chiqarish paydo boʻlishi bilan tovarlarni pul vositasida ayirboshlash, yaʼni Savdo vujudga kelgan. Xalq xoʻjaligining ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ajralib chiqqan va tovarlarni olish, sotish va ular bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatishda vositachilik faoliyatini amalga oshiradigan tarmogʻi. Ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlaydi, tovarlarni soʻnggi isteʼmolchi (aholi)ga yetkazishni taʼminlaydi. Ulgurji va chakana savdoga boʻlinadi. Ulgurji Savdo — tovarlarni ishlab chiqarish isteʼmoli yoki qayta sotish uchun yirik partiyalarda sotib oladigan yoki saqlaydigan, ularni chakana Savdoga, isteʼmolchi yoki boshqa savdo tashkilotlariga sotadigan muassasalarmajmui. Chakana Savdo — bevosita isteʼmolchining pul daromadlariga ayirboshlash yoʻli bilan yakka yoki kichikroq miqdordagi tovarlarni sotib oxirgi isteʼmolchiga xizmat koʻrsatadi. Savdo ichki va tashqi Savdoga boʻlinadi. Ichki Savdo bir mamlakat doirasida tovar muomalasiga xizmat koʻrsatadi. Tashqi Savdo mamlakatlararo tovar muomalasini qamraydi. Sugʻurta, turizm, fraxt, bank faoliyati "koʻrinmas" (joriy harakatlar boʻyicha sezilmas) S.ga kiradi (yana qarang Marketing).<ref>OʻzME. Birinchi jild
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |