(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Taypin qoʻzgʻoloni - Vikipediya

Taypin qoʻzgʻoloni - Xitoydagi Sin sulolasiga qarshi koʻtarilgan dehqonlarning eng yirik qoʻzgʻoloni (1850—64). Unga Xun Syutsyuan, Yan Syutsin va boshqa boshchilik qilgan. 1850-yil yozida Szintyan (Guansi viloyati)da boshlangan. Taypin qoʻzgʻoloni dastlab lokal xarakterga ega boʻlgan. Qoʻzgʻolonga puxta tayyorgarlik koʻrilgan, qatʼiy intizomga boʻysungan armiya tuzilgan. Qoʻzgʻolonchilar Yanszi vodiysida "Samoviy moʻlkoʻllik davlati" ("Taypin tyango") barpo etganlar. Markazi Nankin shahri boʻlgan (1853). Qoʻzgʻolonchilar soni 20—30 mingdan 300—500 minggacha yetgan. Koʻzgʻolon rahbarlari Xitoyda ishlab chiqarishva isteʼmodda barchaning tengligiga asoslangan utopik agrar dasturni eʼlon qilishgan. 1853-yil mayda qoʻzgʻolonchilar Pekinga yurish qilgan, biroq 1855-yil mayda ular hukumat qoʻshini tomonidan tormor keltirilgan. 1853—56 yillarda Markaziy Xitoyda qoʻzgʻolonchilar gʻalabaga erishib katta hududlarni egallashgan. Biroq 1856-yildan qoʻzgʻolon rahbarlari oʻrtasida kelishmovchilik vujudga kelishi oqibatida qoʻzgʻolonchilar safi zaiflashgan. Sin hukumati Angliya va Fransiya yordamida 1864-yil qoʻzgʻolonni bostirgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Taypin qoʻzgʻoloni" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil