(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Quddus - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Quddus

Koordinatalari: 31°46′44″N 35°13′32″E / 31.77889°N 35.22556°E / 31.77889; 35.22556
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Quddus
Skyline of Quddus
Quddus
Quddus
31°46′44″N 35°13′32″E / 31.77889°N 35.22556°E / 31.77889; 35.22556
Hukumat
 • mer Nir Barkat
Zichligi 6183 kishi/km2
[[File:|290px|Quddus xaritada]]

Quddus — Falastin davlatining poytaxti, qadimiy shahar.

Iyerusalim (qad. yahudiy tilida Iyerushalaim; osuriylarning mix yozuvlarida Ursalimmu; qad. Misr yozuvlarida Shalam; arab mamlakatlarida Al-Quds, Oʻrta Osiyoda Quddusi Sharif nomi bilan maʼlum) — Falastin (tarixiy viloyat)dagi shahar, q. Quddus.[1]

QUDDUS, Iyerusalim (arab. AlQuds, qad. yahudiy tilida Iyerushalaim) — Falastindagi shahar, Oʻlik dengizning gʻarbidagi chala choʻlli yassitogʻlikda joylashgan. Aholisi 692,3 ming kishi (2003). Transport yoʻllari chorrahasi. Sanoat, savdo-transport va madaniyat markazi. Toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, metallsozlik, farmatsevtika, poligrafiya, radiotexnika sanoati korxonalari mavjud. Olmosga ishlov beriladi. Hunarmandchilik rivojtangan. Q. — musulmon, yahudiy va xristianlarda "muqaddas shahar" hisoblanadi.

Q. haqidagi dastlabki maʼlumotlar miloddan avvalgi 2-ming yillikning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. Dastlab Rushalimum (Shalim xudosi shahri), yozma manbalarda miloddan avvalgi 15-asrdan Urushalaim nomi bilan tilga olingan. Iyerushalaim qad. yahudiylar tilida "tinchlik shahri", arabcha alQuds — "muqaddas" shahar maʼnolarini anglatgan. Shahar qad. va oʻrta asrlarda turli davlatlar (Yahudiylar podsholigi, Rim imperiyasi, Vizantiya, Arab xalifaligi, usmonli turk saltanati) tarkibida boʻlgan.

1920—47 yillarda Falastin hududidagi inglizlar mandatining maʼmuriy markazi. 1947 yil 29 noyabrdagi BMT qaroriga muvofiq mustaqil maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. 1948—49 yillardagi arab-isroil urushi natijasida Isroil (gʻarbiy qismi) bilan Iordaniya (sharqiy qismi) oʻrtasida ikkiga boʻlindi. 1950 yilda Q.ning gʻarbiy qismini Isroil hukumati BMT qaroriga xilof ravishda mamlakat poytaxti deb eʼlon qildi. 1967 yilda zolim Isroil vahshiylarcha Quddusning sharqiy qismini ham bosib oldi va 1980 yil 30 iyulda Q. ni "abadiy va boʻlinmas poytaxt" deb eʼlon etdi. BMTning (1967 — 71) qarorlariga muvofiq q. boʻyicha barcha anneksiyalar bekor qilingan.

Shahar 2 qism: eski shahar va yangi shahardan iborat. Eski shahar 16-asrda qalʼa devori bilan oʻralgan. Musulmon, yahudiy va xristianlar dahalari ajralib turadi. Meʼmoriy yodgorliklardan ellinizm va rim davri hamda arab madaniyati yodgorliklaridan Qubbat as-Sahro, alAqso masjidlari va cherkovlar, qalʼalar saqlangan. 19-asrning 2-yarmidan qurila boshlagan yangi shaharda zamonaviy binolar, universitet majmuasi, tibbiyot markazi, milliy muzey, yahudiy universiteti (1918) va boshqa bor.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar