William Baffin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2-Dekabr 2021, 15:49 dagi MalikxanBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

William Baffin (1584 – 1622.23.1, Hoʻrmuz) – ingliz Arktika tadqiqotchisi. 1612 – 16 yillarda Shimoli-Gʻarbiy suvyoʻlagini topish maqsadida dengizda suzgan: 1615-yilda Gudzon qoʻltigʻini, 1616-yilda Grenlandiyadan gʻarbdagi dengizni (keyinchalik uning nomiga qoʻyilgan) tadqiq qilgan. Xeys yarim orolni (Grenlandiya), Kanada Arktika arxipelagidagi Elsmir, Devon olarining katta qismini kashf qilgan. B. nomiga Grenlandiya ortidagi dengiz, Kanada shimolidagi orol (Baffin Yeri) qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil