(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Ajdar davr - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Ajdar davr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2023-yil 3-fevral, 19:42 dagi Muxriddin Azimov (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Ajdar davr — Oy yoki Quyosh diski markazining Oy tugunlarining birida ketma-ket ikki marta boʻlishi orasida oʻtgan vaqt. Ajdar oy — 27,21 oʻrtacha sutka, ajdar yil — 346,62 oʻrtacha sutka, Oy fazalarining takrorlanish davri (Sinodik oy) — 29,53 oʻrtacha sutka boʻlganligidan bu uchala davr boshlanishining takror ustma-ust tushishi orasida oʻtgan vaqt bir xil tutilish-arning takrorlanish davri — Saros (18 yil 11 sutka 7 soat 42 min.) ga teng boʻladi. Bunda 242 ajdar oy — 6585,36 sutka, 223 si-nodik oy — 6585,32 sutka, 19 ajdar yil — 6585,78 sutka.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil