Vikipediya:Tezda oʻchirish mezonlari

From Vikipediya

Baʼzi hollarda, administratorlar Vikipediya sahifalarini oldindan ogohlantirmasdan, hatto bu sahifalar muhokamaga qoʻyilgan boʻlsa ham oʻchirib tashlashi mumkin. Bunday holatlarning barchasi quyida keltirilgan. Roʻyxat toʻliq keltirilgan boʻlib, kengaytirilgan talqin qilinishi mumkin emas. Roʻyxatga oʻzgartirish kiritish uchun har bir oʻzgartirish elementi boʻyicha muhokama oʻtkazilishi kerak.

Tezda oʻchirishga qoʻyish[edit source]

Sahifani tezda oʻchirishga qoʻyish uchun, quyidagi andozalardan birini, yoki sababini koʻrsatgan holda {{d|sabab}} andozasini qoʻyish kerak. Andozani tezda oʻchirishga qoʻyganda <noinclude>{{tezda oʻchirish andozasi}}</noinclude> konstruksiyasidan foydalanish lozim (aks holda tezda oʻchirishga qoʻyilgan andozadan foydalanilgan barcha sahifalar tezda oʻchirishga qoʻyilib qoladi).

Tezda oʻchirishga qoʻyishni yengillashtiruvchi skript va gadjetlar mavjud:

1) rfsd.js skripti — fayllardan tashqari barcha turdagi sahifalarni tezda oʻchirishga qoʻyish uchun. special:mypage/common.js sahifasiga quyidagi qatorni qoʻshish orqali ulanadi:

importScript('User:Xusinboy Bekchanov/rfsd.js');

Skript ochiluvchi menyuda „Tezda oʻchirishga“ nomli yangi band (Vector foydalanuvchilari uchun) yoki qoʻshimcha varaqa yaratiladi. Uni bosgandan keyin Tezda oʻchirish mezonlari roʻyxatidan birini tanlang (zarur hollarda qoʻshimcha maʼlumotlarni kiritgan hollarda) va OK bosing.

Oʻchirish[edit source]

Oʻchirishdan oldin tahrirlar tarixini koʻzdan kechirish lozim va joriy versiyasi normal versiyaning vandal, test, tasodifiy yoki xato tahriri emasligiga ishonch hosil qilish kerak, — bunday holatlarda sahifani normal versiyasiga qaytarish kerak.

Yaqindagina yaratilgan maqolalarni oʻchirish yoki oʻchirishga belgilashdan saqlanish lozim — ayrim mualliflar maqolalarning joriy versiyasini saqlagan holda davriy bir necha bosqichda yaratishadi. Maqolani tezda oʻchirishga belgilash vaqtida uning ustida hali ishlanayotgan boʻlishi mumkin, va bunday belgi muallifni choʻchitib qoʻyishi mumkin, ayniqsa yangi boʻlsa. Yana bir mustasno Vikipediya:Qumloq hisoblanadi.

Agar sahifa quyida koʻrsatilgan mezonlarga mos kelmasa, u holda uni oʻchirish uchun Vikipediya:Oʻchirishga sahifasida keltirish kerak.

Mezonlar roʻyxati[edit source]

Umumiy[edit source]

Ular maʼlum mezonlarga kiritilgan istisnolardan tashqari barcha turdagi sahifalarga qoʻllaniladi va shuning uchun bu maqolalar, yoʻnaltirishlar, maxsus sahifalar, munozara sahifalar, fayllar va shu kabilarga tegishlidir.

U1. Maʼnosiz[edit source]

Maʼnosiz, yaʼni tayinli maʼlumot bermaydigan, tushunarsiz belgilar ketma-ketligi (masalan, asdafbs bsnmgbasg s ADADFAF agbcxbxcb kabilar).

U2. Test sahifalar[edit source]

Vikipediyaning texnik imkoniyatlarini sinash uchun yaratilgan sahifa, buning uchun maxsus moʻljallangan sahifalar bundan mustasno.

U3. Vandalizm[edit source]

Shu jumladan aniq yolgʻon, shuningdek vandalizm oqibatlarini bartaraf etish paytida yaratilgan vaqtinchalik yoʻnaltirishlar.

U4. Avval oʻchirilgan sahifani asossiz tiklangan nusxasi[edit source]

Ushbu mezon munozara asosida avval oʻchirilgan sahifaning asossiz tiklangan nusxalariga nisbatan qoʻllaniladi.

U5. Bloklangan foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan sahifalar[edit source]

Ushbu mezon bloklangan foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan sahifalarga nisbatan qoʻllaniladi.

U6. Sahifa muallifi istagi bilan[edit source]

Ushbu mezon biror sahifani uni yaratgan foydalanuvchi (yaʼni, shu sahifa muallif) oʻchirilishini iltimos qilgan hollarga nisbatan qoʻllaniladi (bunda, sahifa shu muallif tomonidan yozilgan boʻlishi va oʻchirish sababi koʻrsatilishi lozim).

U7. Koʻchirish imkoniyatini yaratish uchun[edit source]

Sahifani koʻchirish yoki tahrirlar tarixini birlashtirish uchun. Ushbu amal eʼtiroz uygʻotmasligi yoki oldindan kelishuv asosida qilinishi lozim.

U8. Mavjud boʻlmagan yoki oʻchirilgan sahifaga bogʻliq sahifalar[edit source]

Misollar:

  • Tegishli mavzu sahifasi boʻlmagan munozara sahifalari
  • Asosiy, bosh sahifasi boʻlmagan ostsahifalar
  • Mavjud boʻlmagan sahifalarga yoʻnaltirish qoldirilgan yoʻnaltiruvchi sahifalar

Andozalar:

U9. Kamsituvchi va shundan boshqa maqsadlarga xizmat qilmaydigan sahifalar[edit source]

Ushbu mezon boʻhton, tahdid, taʼqib yoki qoʻrqitish uchun moʻljallangan materiallarni oʻz ichiga olgan sahifalarga nisbatan qoʻllaniladi.

U10. Reklama[edit source]

Bu faqat reklama uchun moʻljallangan sahifalarga taalluqli hisoblanadi. Agar mavzu diqqatga sazovor boʻlsa va kontentni neytral (betaraf) nuqtai nazardan yozilgan matn bilan almashtirish imkoni mavjud boʻlsa, bu sahifani saqlash oʻchirishdan koʻra afzaldir (albatta, qayta tahrirlansa).

U11. Mualliflik huquqlarining yaqqol buzilishi[edit source]

Bu mualliflik huquqlari bilan himoyalangan materialni biror-bir veb-saytdan hech qanday oʻzgartirishsiz matn koʻchirib qoʻyilgan hollarda, erkin litsenziyasiz, saqlashga arzigulik kontent boʻlmagan matnli sahifalarga nisbatan qoʻllaniladi. Batafsil tanishish uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari buzilishi sahifasiga qarang.


Maqolalar[edit source]

Ushbu mezonlar faqat asosiy nomfazoda boʻlgan sahifalarga (maqolalarga) nisbatan qoʻllaniladi.

M1. Ensiklopedik boʻlmagan qisqa maqolalar[edit source]

Masalan: Anvarning qizil rangli mashinasi bor.

M2. Butkul oʻzbekcha boʻlmagan maqolalar[edit source]

Butkul oʻzbekcha boʻlmagan maqolalar, agar ular yaqin orada tarjima qilinmasa.

M3. Faqatgina ishoratlardan iborat maqolalar[edit source]

Bu faqat turkumlardan iborat maqolalarni ham oʻz ichiga oladi.

M4. Boshqa Vikimedia loyihalaridan koʻchirib olib oʻtilgan maqolalar[edit source]

Masalan, boshqa Vikimedia loyihalaridagi (Vikilugʻat, Vikimanba va hk.) sahifalar matnini koʻchirib qoʻyish.

M5[edit source]

VP:U9ga qarang.

M6. Keng ommaga mashhur boʻlmagan kishilar, tashkilotlar, veb-saytlar, hodisalar haqidagi maqolalar[edit source]

Masalan: „Eshmat Toshmatov — universitet 1-kurs talabasi, 1990-yilda tugʻilgan“ va hk. Agarda maqola muallifi unda taʼriflangan obyektni mashhur, deb iddao etsa, munozara sahifasida bu iddaoni izohlashi shart.

M7[edit source]

VP:U11ga qarang.

M8. Avvaldan mavjud maqolaning nusxasi boʻlgan maqolalar[edit source]

  • {{Db-same|maqola=Mavjud maqola nomi}}

Yoʻnaltirishlar[edit source]

Yoʻnaltirish (redirect) bir sahifadan boshqasiga avtomatik yoʻnaltiradi.

Y1. Mavjud boʻlmagan maqolaga yoʻnaltirish[edit source]

VP:U8ga qarang.

Y2. Boshqa boʻlimga yoki maqola sohasiga yoʻnaltirish[edit source]

Y3. Nomda xatosi bor yoʻnaltirish[edit source]


Fayllar[edit source]

Ushbu mezonlar faqat fayllarga nisbatan qoʻllaniladi.

F1. Litsenziyasi nomaʼlum fayllar[edit source]

F2. Birorta maqolada ishlatilmagan noerkin fayllar[edit source]

F3. Foydalanish asosi koʻrsatilmagan noerkin fayllar[edit source]

F4. Vikiomborda mavjud tasvirlar[edit source]

Turkumlar[edit source]

Ushbu mezonlar faqat turkum sahifalarga nisbatan qoʻllaniladi.

T1. Boʻsh turkumlar[edit source]

T2. Nomi imlo xatosi bilan yozilgan turkumlar[edit source]

Foydalanuvchi sahifalari[edit source]

Ushbu mezonlar faqat Foydalanuvchi: va Foydalanuvchi munozarasi: nomfazosida boʻlgan sahifalarga nisbatan qoʻllaniladi.

FS1. Foydalanuvchi iltimosi bilan[edit source]

Shaxsiy foydalanuvchi sahifalar va ularning ostsahifalari uchun (foydalanuvchi munozara sahifalari uchun emas).

FS2. Mavjud boʻlmagan foydalanuvchi uchun yaratilgan sahifa[edit source]

Mavjud boʻlmagan foydalanuvchilar foydalanuvchi sahifalari, ostsahifalari va munozara sahifalari uchun.

FS3. Anonim foydalanuvchilar sahifasi va ularning munozara sahifalari[edit source]

Istisno: munozara sahifasida muhim predmet muhokama qilingan boʻlsa, qoldirish zarur.