(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Viva la Vida - Vikipediya Jump to content

Viva la Vida

From Vikipediya
„Viva la Vida“
Coldplay qoʻshigʻi
„Viva la Vida or Death and All His Friends“ albomidan
B tomon „Death Will Never Conquer“
Chiqarilgan sanasi 13-iyun, 2008-yil(2008-06-13)
Yozib olingan 2007-2008
Janr
Davomiyligi
  • 4:04 (albom versiyasi)
  • 3:45 (radio uchun versiya)
Leybl
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
Coldplay singllari xronologiyasi
„Violet Hill“
(2008)
Viva la Vida
(2008)
„Lost!“
(2008)
Klipi
„Viva la Vida“ YouTubeda
„Viva la Vida“ (Alternativ versiya) YouTubeda

Viva la Vida“ (/ˈvvə lə ˈvdə/; tarjimasi „Yashasin hayot“) — „Coldplay“ ingliz rok-guruhi ijro etgan qoʻshiq. Qoʻshiqni guruhning barcha aʼzosi hamkorlikda yozgan. Tarona 2008-yilning 13-iyun kuni „Viva la Vida or Death and All His Friends“ nomli toʻrtinchi studiyaviy albomining ikkinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. „Viva la Vida“ matnida tarixga va nasroniylik diniga shamalar mavjud. Kompozitsiya davomida torli-kamonli cholgʻular yordamida ijro etilgan ohang qayta-qayta takrorlanadi. Qoʻshiq davomida koʻproq cholgʻular partiyalari qoʻshib borilgan.

„Viva la Vida“ qoʻshigʻini tanqidchilar yuqori baholagan va taronaning bozori chaqqon boʻlgan. Qoʻshiq Buyuk Britaniya singllar xit-paradida hamda Billboard Hot 100 xit-paradida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Qoʻshiq „Coldplay“ guruhining bu ikki xit-paradning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarilgan ilk kompozitsiyasidir. Shuningdek, qoʻshiq 2009-yil „Yil qoʻshigʻi“ (inglizcha: Song of the Year) nominatsiyasida „Grammy“ mukofoti bilan taqdirlangan.

Qoʻshiq nomi ispancha boʻlib, XX asrda yashab, ijod qilgan meksikalik rassom Frida Kahlo kartinasidan olingan. Tarona lya-bemol major tonalligida yozilgan. Gguruhning oʻsha paytgacha chiqarilgan boshqa ashulalaridan farqli oʻlaroq, „Viva la Vida“ qoʻshigʻini ijro etishda elektrogitara asosiy cholgʻu rolini bajarmagan. Buning oʻrniga ashula asosan torli-kamonli cholgʻular, kompyuter yordamida qayta ishlangan pianino hamda litavra va cherkov jomi kabi urma zarbli cholgʻular bilan ijro etilgan.

Qoʻshiqning asosiy klipini rejissor Hype Williams suratga olgan. Unda guruh aʼzolari rassom Eugène Delacroixning „La Liberté guidant le peuple“ asari fonida qoʻshiqni ijro etayotgani tasvirlangan. Anton Corbijn qoʻshiq uchun Niderlandiyada alternativ klip suratga olgan. Unda „Coldplay“ solisti Chris Martin qoʻshiqning asosiy qahramoni — qirol rolini ijro etgan.

Manbalar

[edit | edit source]
  1. Rojek, Chris. Pop Music, Pop Culture. Cambridge: Polity Press, 2011 — 46-bet. 
  2. Beaumont, Mark (30-iyun 2008-yil). "Coldplay: Viva La Vida Or Death And All His Friends". NME. https://www.nme.com/reviews/coldplay/9713. Qaraldi: 10-sentyabr 2022-yil. Viva la Vida]]

Havolalar

[edit | edit source]