21-noyabr
Qiyofa
(21 noyabrdan yoʻnaltirildi)
21-noyabr — Grigoriy taqvimida yilning 325- (kabisa yilida 326-) kuni. Yil yakuniga 40 kun qoladi.
← noyabr → | ||||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
1 | 2 | 3 | ||||
4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 |
18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 |
25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | |
2024-yil |
Bayramlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang: Turkum:21-noyabr bayramlari
- Bangladesh Qurolli kuchlari kuni.
- Gretsiya Qurolli kuchlari kuni.
- Bosniya va Gersegovinada Tinchlik shartnomasi imzolangan kun.
- AQSHda Farzandlikka olish kuni.
- Musiqa tinglamaslik kuni.
- Xalqaro salomlashish kuni.
- Butunjahon televideniye kuni.
- Butunjahon salomatlik uchun kurash kuni.
- Rossiyada soliq xodimlari kuni.
- Ukrainada Qadr-qimmat va ozodlik kuni.
Voqealar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang: Turkum:21-noyabr voqealari
- 1009 – Vyetnamda Li sulolasi hukmronligi boshlandi.
- 1386 – Amir Temur qo‘shinlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrini egalladi.
- 1404 – Ispaniya elchisi Rui Gonzales de Klavixo Samarqanddan jo‘nab ketdi.
- 1620 — Plimut koloniyasiga asos solindi.
- 1783 – Parijda havo sharining ilk parvozi amalga oshirildi.
- 1875 – Po‘latxon qo‘zg‘oloni: Mullo Qo‘shay shtabs-kapitan Ionov va unter ofitser Danilovni asirga oldi.
- 1877 – Tomas Edison fonograf (ovoz yozish qurilmasi)ni ixtiro qildi.
- 1879 – Tomas Edison ixtiro qilgan ilk cho‘g‘lanma lampochka sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
- 1917 – Turkiston o‘lkasi Sho‘rosining 15-21 noyabrda bo‘lib o‘tgan III qurultoyi Turkiston xalq komissarlari kengashini tuzdi. Unga 7 bolshevik va maksimalist, 8 so‘l eser saylandi. Hukumat tarkibida mahalliy millatlarning birorta ham vakili saylanmadi.
- 1918 – Estoniya bayrog‘i qabul qilindi.
- 1920 – Irlandiya poytaxti Dublinda «Qonli yakshanba» nomini olgan qirg‘in bo‘lib o‘tdi.
- 1922 – Rebeka Latimer Felton AQSH tarixidagi ilk senator ayolga aylandi.
- 1942 — Alyaskada Avtomobil yoʻli ochildi.
- 1945 – General Motorsning 92 ta zavodida yirik ish tashlar bo‘lib o‘tdi.
- 1953 — London tabiat muzeyi Piltdaun odami qoldiqlarini (Suratda) qalbaki deb baholadi.
- 1969 – Internetning dunyoga kelishi: Kaliforniya universiteti va Stenford tadqiqotlar instituti o‘rtasida ilk ARPANET tarmog‘i ishga tushirildi.
- 1980 — Pener koʻli qurib qoldi.
- 1995 – Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi tashkil etildi.
- 1995 - Bosniya va Gersegovina, Yugoslaviya va Xorvatiya vakillari Bosniya mojarosini tartibga solish boʻyicha shartnoma imzoladi.
- 2002 – Bolgariya, Estoniya, Latviya, Litva, Ruminiya, Slovakiya va Sloveniya NATO tarkibiga taklif qilindi.
- 2004 – Dominika orolida o‘z tarxidagi eng halokatli zilzila sodir bo‘ldi.
- 2004 – Ukrainadagi prezidantlik saylovida Viktor Yushenko g‘alaba qozondi.
- 2007 – Turkiyaning Antaliya shahrida futbol bo‘yicha nogiron-amputantlar o‘rtasida o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi chempion bo‘ldi.
- 2013 – Ukrainada prezident Viktor Yanukovichga qarshi ilk ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
- 2014 – Shveysariya prezidenti Dide Burkxalter O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
- 2014 – «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi prezident farmoniga muvofiq, eng kam ish haqi 118 ming 400 so‘m qilib belgilandi.
Tavalludlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang: Turkum:21-noyabrda tugʻilganlar
- 1694 – fransuz faylasufi Volter tug‘ildi.
- 1902 – Kommunistik partiya mafkurachisi Mixail Suslov tug‘ildi.
- 1910 – o‘zbek dramaturgi, adabiyotshunos olim Izzat Sulton tavallud topdi.
- 1948 – Livanning 16 prezidenti Mishal Sulaymon tavallud topdi.
Vafot etganlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang: Turkum:21-noyabrda vafot etganlar
- Miloddan avvalgi 479 – Xitoy faylasufi Konfutsiy vafot etdi.
- 1844 – rus masalnavisi Ivan Krilov vafot etdi.
- 1916 – Avstriya-Vengriya imperatori Frans Iosif vafot etdi.
- 1936 – Turkiston jadidlari harakati a’zosi, noshir va jamoat arbobi Obidjon Mahmudov olamdan o‘tdi.
- 2001 – Malayziya sultoni Salohiddin Abdulaziz vafot etdi.
- 2006 – Suriyaga qarshi siyosati bilan tanilgan, Livan siyosat arbobi va hukumat a’zosi Pyer Jumayyil Bayrutda suiqasd qurboni bo‘ldi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- days.peoples.ru (Wayback Machine saytida 2012-01-27 sanasida arxivlangan)(rus.)
- http://sof.uz/news/show/21-noyabr-sanasining-eng-muhim-voqealari (Wayback Machine saytida 2016-11-21 sanasida arxivlangan)