(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Adams Samuel - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Adams Samuel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adams (Adams) (1722.27.9 −1803.2.10) – Amerika siyosiy va davlat arbobi va publitsisti, Angliyaning Shimoliy Amerikadagi mustamlakalarida ozodlik kurashi tashkilotchilaridan biri. „Ozodlik oʻgʻlonlari“ inqilobiy tashkiloti rahbari. 1-Kontinental kongressni (1774) chaqirish tashabbuskorlaridan. Adams Bostonda Muxbirlar komitetini tuzdi (1772). Undan oʻrnak olib Angliyaning Shimoliy Amerikadagi hamma mustamlakalarida ham shunday tashkilotlar tuzildi. Bular inqilobiy kurash markazlari va mustaqillik urushi davri (1775 – 1783)da mahalliy inqilobiy hokimiyat kurtaklari edi. Adams 1794 – 1797 ylarda Massachusets shtatining gubernatori.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil