Afoniya
Afoniya (yunoncha a – inkor qoʻshimchasi va phone – ovoz) – shivirlab gapirish qobiliyati saqlangani holda ovoz chiqmay qolishi. Afoniya turli kasalliklar: hiqildoq, nerv sistemasi, shuningdek organizmning umumiy kasalliklari belgisi boʻlishi mumkin. Chin paralitik funksional va spastik xillari bor. Ovoz boylamlarining yetarli yumilmasligi yoki tebranmasligi bilan kechadigan kasalliklarda (yalligʻlanish, rak va hokazo) chin Afoniya roʻy beradi. Hiqildoq nervi faoliyatining bir tomonlama buzilishi (qalqonsimon bez operatsiyasi va boshqalar), nerv kasalliklari paralitik Afoniyaga sabab boʻlishi mumkin. Odatda, asabiy bemorlarda ovoz boylamlarini harakatlantiruvchi nerv mexanizmlarining vaqtincha tormozlanishi, ruhiy iztirob, qoʻrqish va boshqa natijasida funksional Afoniya yuzaga keladi. Halqum va hiqildoq shilliq qavatiga oʻyuvchi kimyoviy moddalar taʼsir etishi va boshqa spastik Afoniyaga sabab boʻladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- http://referat.arxiv.uz (Wayback Machine saytida 2019-11-28 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |