(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Ahl ul-kitob - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Ahl ul-kitob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ahl ul-kitob (arabcha – kitob ahli, mazmunan oʻz diniy kitobiga ega boʻlgan xalqlar) – islom aqidasiga koʻra, haqiqiy dindorlar (musulmonlar) va „gʻayridin“ majusiylar oʻrtasidagi odamlar toifasi. Ular oʻzlariga yuborilgan muqaddas kitoblar matnini buzganlar; Muhammad (SAV) va uning oxirgi paygʻambarlik vazifasi toʻgʻrisida eslatilgan gaplar chiqarib tashlangan. Ahl ul-kitobga xristianlik va yahudiylikka eʼtiqod qiluvchilar kiritilgan. Musul-monlar umuman Ahl ul-kitob.ga sabr-toqatli munosabatda boʻlib kelganlar. Bu hol musulmonlar bilan boshqa dindagilar oʻrtasida kelishuv va tinch munosabatlar oʻrnatilishiga imkon bergan, hozir islom davlatlari bilan xristian davlatlari oʻrtasida muloqot olib borish uchun gʻoyaviy asos boʻlib xizmat qiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil