(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Akrolein - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Akrolein

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akrolein (propenal, akril aldegid), — toʻyinmagan alifatik aldegid, oʻtkir hidli, rangsiz, uchuvchan suyuqlik; suyuqlanish temperaturasi 86,5 dan 88° gacha, qaynash temperaturasi 52,7°. Akrolein laboratoriya sharoitida glitseringa kaliy bisulfat (qarang Kaliy sulfat), fosfat kislota yoki borat kislota taʼsir ettirish yoʻli bilan oson olinadi. Sanoatda formaldegidni atsetat aldegid bilan SiO, ishtirokida 300-320° da gaz fazada kondensiyalash yoʻli bilan hamda propilenni havo kislorodi bilan suv bugʻi va vismut — molibden katalizatorlari ishtirokida oksidlab olinadi. Akrolein akrilonitril, glitserin, piridin, nikotin, etilvinil efirlar, polia-krolein va boshqa moddalarni olishda ishlatiladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil