Aleksey Cheglakov
Aleksey Cheglakov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Fuqaroligi | / |
Tavallud sanasi |
1974-yil 13-mart Kirov, RSFSR, SSSR |
Boʻyi | 185 sm |
Vazni | 90 kg |
Sport | |
Qaysi sport | Yunon-rum kurashi |
Medallar | |
Osiyo oʻyinlari Pusan 2002 (96 kg) Osiyo oʻyinlari Ulan-Bator 2001 (97kg)Olmaota 2004 (96 kg) |
Aleksey Nikolaevich Cheglakov (1974-yil 13-martda tugʻilgan) — rus va oʻzbek yunon-rum kurashchisi, Osiyo chempioni.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1974-yilda Kirov shahrida tugʻilgan. 1992-yilda oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni boʻlgan. 1993-yilda jahon chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritgan boʻlsa, 1996-yilda bu natijani takrorlagan. 1999-yilda Jahon harbiy oʻyinlari chempioni boʻlgan.
2000-yildan Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynay boshlagan. 2001-yilda Osiyo chempioni boʻlgan va jahon chempionatida 6-oʻrinni egallagan. 2002-yilda Osiyo oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kiritgan va jahon chempionatida yana 6-oʻrinni egallagan. 2003-yilgi jahon chempionatida 5-oʻrinni egallagan. 2004-yilda Osiyo chempionatining bronza medali sohibiga aylangan va Afinadagi Olimpiya oʻyinlarida atigi 14-oʻrinni egallagan.