Alteratsiya
Qiyofa
Alteratsiya (lotincha: alteratio – „oʻzgartirish“) – 1) musiqada asosiy tovushqator pogʻonalarini (nomini saqlagan holda) oʻzgartirish; uning balandligini chorak, yarim yoki butun tonga balandlatish yoki pastlatish. 2) garmoniyada alteratsiya tovushqatordagi noturgʻun pogʻonalarni xromatik oʻzgartirish orqali tuzuk (lad) tortilishlarni kuchaytirishga xizmat qiladi. Tarkibida oʻzgargan pogʻonalar mavjud boʻlgan instituterval yoki akkordlar Alteratsiyalashgan interval va akkordlar deb yuritiladi; 3) biologiyada – mexanik kuch, issiqlik; elektr toki, kimyoviy moddalar va boshqa taʼsirida hujayra va toʻqimalar funksiyasining va tuzilishining oʻzgarishi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |