Ameriabank
Turi | YAJ |
---|---|
Tarmogʻi | Banking, Moliyaviy xizmatlar |
Qachon asos solingan | 1910 |
Joylashuvi | Yerevan, Armaniston |
Mahsulot(lar)i | Korporatsiya, kredit kartalari, chakana, korporativ, investitsion bank xizmatlari, ipoteka kreditlari, xususiy kapitalni boshqarish |
Boyligi | AMD 1,252 mlrd (2022-yil dekabr)[1][2][3] |
Ishchilar soni | 1426 (2022-yil dekabr) |
Vebsayti | ameriabank.am |
Ameriabank YAJ bosh qarorgohi Armaniston poytaxti Yerevanda joylashgan korporativ, investitsiya va chakana bank xizmatlarini taklif qiluvchi universal bankdir[4].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bank 1910-yilda Kavkaz savdo bankining filiali sifatida tashkil etilgan boʻlib, sovetlar zamonida SSSR Vneshtorgbankining Armaniston filialiga aylantirilgan. 1992-yilda Armaniston Markaziy banki tomonidan bank faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi berilgandan soʻng, u yana mustaqil bank boʻldi. 2014-yilga kelib bank Euromoney jurnali tomonidan uch marta Armanistondagi eng yaxshi bank deb topildi[5].
2014-yilda bank bir martalik parol hosil qiluvchi AmeriaTokenni taqdim etdi[6][7].
2015-yil dekabr oyida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Ameriabankning ustav kapitaliga 6 639 680 000 dram miqdorida investitsiya kiritdi va bank aksiyadorlaridan biriga aylandi.
2018-yilning fevral oyida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) bankning ustav kapitalidan ulush sotib oldi. Bankning ustav kapitali 5 213 120 000 dramga oshdi.
Hozirda Ameriabankning ustav kapitali 54 414 765 000 arman dramini tashkil etadi. Ustav kapital har birining nominal qiymati 465 000 AMD boʻlgan 117 021 ta oddiy aksiyadan iborat.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Yerevandagi bank bosh ofisining tungi koʻrinishi
-
Bankning Yerevandagi bosh ofisi
-
AmeriaBank Komitas filiali, Yerevan
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Annual Report 2022“.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Ranking of Armenian banks by size of assets in 2017“.
- ↑ KPMG. „Armenian Banking Sector:2017 4th Quarter Results“. KPMG (2018-yil fevral). Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
- ↑ „Central Bank of Armenia“.
- ↑ „Ameriabank Wins Euromoney Award for Third Time“. Asbarez Armenian News (2014-yil 7-avgust). Qaraldi: 2014-yil 2-sentyabr.
- ↑ „Ameriabank introduces one-time password generator AmeriaToken“. Arka (2014-yil 25-avgust).
- ↑ „Ameriabank launches AmeriaToken mobile app“. PanARMENIAN.Net- (2014-yil 28-avgust). Qaraldi: 2014-yil 2-sentyabr.