(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Babezioz - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Babezioz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Babezioz, babeziyellyoz –qoramol, qoʻy va echkilarda Babesia turkumiga mansub bir hujayrali organizmlar qoʻzgʻatadigan yuqumli kasallik. Babezioz hayvonlarga kanalar orqali yuqadi. Kasallikning kechishi 4–8 sutka. Kasallangan hayvonning tana harorati keskin koʻtariladi, tez ozadi, suti kamayadi, baʼzan suti rangi qon aralash sargʻayadi, mazasi taxir boʻladi. Kasallik katta hayvonlarda ogʻir kechadi. Hayvonlarning koʻpi nobud boʻladi. Asosan yoz–kuz davrida koʻproq uchraydi. Tashhis qonni mikroskopik tahlil qilish asosida qoʻyiladi. Babezioz bilan ogʻrigan hayvonlarga bu kasallik 2–3 yilgacha yuqmaydi.

Davolash : NA CL 2% li eritmasidan venaga yuboriladi 400 yoki 500 gr muskul orasiga Demizon eritmasidan 100 kg trik vazinga 7 gr qoʻllanadi VA okstitraksiklin antbiotk qoʻllanadi Oldini olish va qarshi kurash choralari: kasal hayvonlarni kimyoviy preparatlar bilan davolash; kanalarni yuqotish. Usuli pertit vashunga uxshash vet aptekalarda sotiluvchi preparatlardan molxonalarga sepiladi