(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Boliviyaliklar - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Boliviyaliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boliviyaliklar (oʻzlarini bolivianos deb ataydilar) — xalq, Boliviyaning asosiy aholisi.

Boliviyada (3 mln. kishi), Argentinada (150 ming kishi), Braziliya, AQSH, Peru va Chilida ham yashaydilar. Umumiy soni 3,2 mln. (1992). Boliviyaliklarni kanichana, kayuvava nomli indeys xalqlari; ispan-indeyslardan tarqalgan metislar (cholo); qisman ispanlardan tarqalgan kreollar tashkil qiladi. Ispan va guarani tilitsy gaplashadilar. Dindorlari — katoliklar. Asosan dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadilar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil