Buxarest universiteti
Buxarest universiteti | |
---|---|
Asl nomi | rumincha: Universitatea din București |
Asos solingan | 1864-yil |
Vebsayti | http://www.unibuc.ro/ |
Koordinatalari: 44°26′8.0000000016008″N 26°6′4.0200000012001″E / 44.435555555556000229°N 26.101116666667000032°E G O
Buxarest universiteti (rumincha: Universitatea din București) — Ruminiyadagi eng yirik untlardan biri. 1864-yil bir necha kollejlarning birlashuvi natijasida davlat oliy oʻquv yurti sifatida tashkil etilgan. Buxarest universiteti biol., geol., geogr., tarix, german tillari, slavyan, roman va sharq tillari, rumin tili va adabiyoti, fizika, mat., kimyo, falsafa, huquqshunoslik boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Untda 7 mingdan ortiqtalaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 1,5 mln.dan ortiq asar saqpanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |