(Translated by https://www.hiragana.jp/)
David Oystrax - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

David Oystrax

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

David Fyodorovich Oystrax (1908.17(30). 9, Odessa - 1974.24.10, Amsterdam; Moskvada dafn etilgan) — skripkachi, pedagog, dirijyor; zamonaviy rus skripka ijrochilik maktabi asoschilaridan. London (1959), Boston, Rim, Berlin (1961) sanʼat va musiqa akademiyalari faxriy aʼzosi, Kembrij universiteti professor (1969). Odessa musiqali drama institutini tugatgan (1926). Moskva filarmoniyasi yakka sozandasi (1932—1934 va 1941-yildan), Moskva konservatoriyasida dotsent (1934-yildan), professor (1939-yildan), kafedra mudiri (1950-yildan). Uslubiga mukammal ijro mahorati, teran mazmun, badiiy-g`oyaviy ravshanlik xosdir. Nihoyatda keng repertuaridan mumtoz hamda zamonaviy skripka asarlari oʻrin olgan. Chet el mamlakatlari, xususan, Oʻzbekistonda gastrolda boʻlgan. Bir nechta xalqaro tanlovlar gʻolibi (Leningrad, Varshava, 1935; Bryussel 1937). Oʻgʻli — Igor O. (1931) ham mashhur skripkachi va dirijyor. Rossiya xalq artisti (1986). Moskva filarmoniyasi yakka sozandasi (1958-yildan)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil