Davor Vugrinec
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Davor Vugrinec | ||
Tavallud sanasi | 24-mart 1975-yil | ||
Tavallud joyi |
Varaždin, SR Xorvatiya, SFR Yugoslaviya | ||
Boʻyi | 1.79 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1992—1997 | Varteks | 123 | (56) |
1997—2000 | Trabzonspor | 85 | (29) |
2000—2002 | Lecce | 71 | (19) |
2003—2004 | Atalanta | 30 | (0) |
2004—2005 | Catania | 20 | (2) |
2005—2006 | Rijeka | 24 | (15) |
2006—2008 | Dinamo Zagreb | 34 | (16) |
2008—2010 | NK Zagreb | 55 | (33) |
2010—2012 | Varaždin | 40 | (8) |
2012—2015 | Slaven Belupo | 64 | (22) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
1995 | Xorvatiya U20 | 1 | (0) |
1994—1997 | Xorvatiya U21 | 19 | (3) |
1999 | Xorvatiya B | 1 | (0) |
1996—2006 | Xorvatiya | 28 | (7) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (5-oktabr 2014-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (6-yanvar 2013-yil uchun) |
Davor Vugrinec (talaffuzi: Davor Vugrinech) (1975-yil 24-martda tugʻilgan) — xorvatiyalik sobiq professional futbolchi. U asosan hujumchi sifatida oʻynagan. Davor Xorvatiya Birinchi Futbol Ligasining barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurari boʻlib, beshta klub tarkibida 146 ta gol urgan[1].
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshlik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vugrinec professional faoliyatini 1992-yilda mahalliy NK Varteks klubida boshlagan, ikkinchi professional mavsumdan boshlab klubda muntazam oʻyinchiga aylangan va keyingi toʻrtta mavsumdan uchtasida ikki raqamli toʻpurarga aylangan. 1995\1996-yilgi mavsumda u 31 oʻyinda 17 ta gol urgan.
Turkiya / Italiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]1997-yil iyun oyida Vugrinec Turkiyaning „Trabzonspor“ jamoasiga qoʻshilgan va oʻzining dastlabki ikki mavsumida Superligada 24 ta gol urgan. 2000-yilning yozida u Italiyaning Lecce klubi bilan shartnoma imzolagan. 2000-yil 12-noyabrda Vugrinec „San-Siro“dagi oʻyinda „Internazionale Milano“ darvozasiga yagona golni kiritib jamoasiga gʻalaba keltirgan.
2002—2003-yilda Lecce B Seriyaga tushib ketgan,Vugrinec 2003-yilning yanvarida Atalanta BCga qoʻshilib, yuqori divizionga qaytgan.
Uyga qaytish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Keyinchalik Vugrinec Xorvatiyaga qaytib, NK Rijeka bilan shartnoma imzolagan. Ahmad Sharbini bilan birgalikda u 2005\2006-yilgi mavsumda oliy divizionda klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan (har biriga 15 ta gol), shuningdek, sobiq klubi „Varteks“ga („Varteks“) qarshi javob oʻyinida muhim golni urib, jamoaga ichki kubokni yutishiga yordam bergan. Rijeka birinchi oʻyinda 4:0 hisobida gʻalaba qozonganidan soʻng mehmonda 1:5 hisobida magʻlub boʻlgan edi.
Vugrinets 2006-yil iyun oyi boshida Zagreb NK Dinamo jamoasiga kelib qoʻshilgan va 19-iyulda Xorvatiya Superkubogida oʻzining oldingi klubi „Rijeka“ga qarshi oʻyinda 4:1 hisobidagi gʻalabali oʻyinda ikkita golga assistentlik qilgan. U „Dinamo“ safidagi ilk gollarini UEFA Chempionlar ligasi saralashida „Ekranas“ga qarshi oʻyinda va jamoaning 2006/2007-yilgi mavsumdagi birinchi ichki liga oʻyinida „NK Slaven Belupo“ga qarshi oʻyinda kiritgan. Vugrinec 4-avgust kuni „HNK SHibenik“ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan, biroq toʻrt kundan soʻng „Arsenal“ ga qarshi Chempionlar Ligasi 3-turi birinchi oʻyinida tiklanishga muvaffaq boʻlgan, faqat oʻyinning 30-daqiqasida zahiraga olingan.
Vugrinec 2008/2009-yilgi mavsumda qoʻshni NK Zagreb jamoasiga qoʻshilgan va ikki yildan soʻng 35 yoshida Varteksga qaytgan. 2012-yilning mart oyida u jamoa bilan shartnomasini bekor qilgan va jami 124 ta gol bilan Xorvatiya oliy divizionida barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurarlar qatorida ikkinchi oʻrinni egallagan[2]. Oʻsha oyda Vugrinec Slaven Belupo jamoasiga qoʻshilgan va Osijekga qarshi debyutida gol urgan[3][4].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vugrinec Xorvatiya terma jamoasi uchun debyutini 1996-yil 10-aprelda Vengriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan.
2000-yilda Vugrinec asosiy tarkibda muntazam maydonga tusha boshlagan va 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun mumkin boʻlgan sakkizta saralash oʻyinidan yettitasida maydonga tushgan. U musobaqa davomida ikkita gol urgan.
Yaponiya va Janubiy Koreyadagi turnirdan soʻng Vugrinec faqat bitta oʻrtoqlik oʻyinida va ikkita Yevro-2004 saralashida maydonga tushgan va 2006-yilning yanvarigacha uch yildan koʻproq vaqt davomida maydonga tushmagan. U Gonkongda boʻlib oʻtgan Carlsberg Cup musobaqasida ikkita oʻyinda maydonga tushib, terma jamoa tarkibiga qaytgan.
Xalqaro oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xorvatiya terma jamoasi | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
1996-yil | 1 | 0 |
1997-yil | 0 | 0 |
1998-yil | 1 | 2 |
1999-yil | 4 | 1 |
2000-yil | 3 | 0 |
2001-yil | 8 | 4 |
2002-yil | 9 | 0 |
2003-yil | 0 | 0 |
2004-yil | 0 | 0 |
2005-yil | 0 | 0 |
2006-yil | 2 | 0 |
Jami | 28 | 7 |
Xalqaro maydondagi gollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gol | Sana | Joy | Raqib | Natija | Hisob | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1-2 | 10.10.1998 | Taʼ Qali, Taʼ Qali | Malta | 2 –1
|
4 -1 | Yevro 2000 saralash |
3 –1
| ||||||
3 | 13.06.1999 | Dongdaemun, Seoul | Misr | 2 –2
|
2 – 2
|
Oʻrtoqlik |
4 | 28.02.2001 | Kantrida, Rijeka | Avstriya | 1 –0
|
1 –0
|
Oʻrtoqlik |
5 | 24.03.2001 | Gradski vrt, Osijek | Latviya | 4 –1
|
4 –1
|
2002 FIFA jahon kubogi saralash |
6 | 2.06.2001 | Stadion Varteks, Varaždin | San Marino | 4 –0
|
4 –0
|
2002 FIFA jahon kubogi saralash |
7 | 15.08.2001 | Lansdowne Road, Dublin | Irlandiya | 1 –2
|
2 –2
|
Oʻrtoqlik |
Faoaliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klubdagi faoliyati | Liga | Kubok | Liga Kubogi | Qitʼa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Klub | Mavsum | Liga | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol |
Xorvatiya | Liga | Xorvatiya Kubogi | Super Kubok | Yevropa | Jami | |||||||
Varteks | 1992—1993 | Prva HNL | 5 | 1 | 1 | 0 | 6 | 1 | ||||
1993—1994 | Prva HNL | 33 | 17 | 5 | 5 | 38 | 22 | |||||
1994—1995 | Prva HNL | 27 | 8 | 6 | 2 | 33 | 10 | |||||
1995—1996 | Prva HNL | 31 | 17 | 9 | 7 | 38 | 22 | |||||
1996—1997 | Prva HNL | 27 | 13 | 4 | 4 | 4 | 2 | 35 | 19 | |||
Turkiya | Liga | Turkiya Kubogi | Süper Kubok | Yevropa | Jami | |||||||
Trabzonspor | 1997—1998 | 1.Lig | 30 | 12 | 2 | 3 | 2 | 1 | 34 | 16 | ||
1998—1999 | 1.Lig | 28 | 12 | 3 | 2 | 31 | 14 | |||||
1999—2000 | 1.Lig | 27 | 5 | 3 | 2 | 2 | 0 | 32 | 7 | |||
Italiya | Liga | Italiya Kubogi | Italiya Super kubogi | Yevropa | Jami | |||||||
Lecce | 2000—2001 | Serie A | 34 | 11 | 4 | 3 | 38 | 14 | ||||
2001—2002 | Serie A | 29 | 7 | 0 | 0 | 29 | 7 | |||||
2002—2003 | Serie B | 8 | 1 | 2 | 0 | 10 | 1 | |||||
Atalanta | 2002—2003 | Serie A | 15 | 0 | 15 | 0 | ||||||
2003—2004 | Serie B | 15 | 0 | 15 | 0 | |||||||
Catania | 2004—2005 | Serie B | 20 | 2 | 3 | 1 | 23 | 3 | ||||
Xorvatiya | Liga | Xorvatiya kubogi | Super Kubok | Yevropa | Jami | |||||||
HNK Rijeka | 2005—2006 | Prva HNL | 24 | 15 | 6 | 4 | 0 | 0 | 30 | 19 | ||
Dinamo Zagreb | 2006—2007 | Prva HNL | 21 | 12 | 5 | 2 | 1 | 0 | 5 | 2 | 33 | 16 |
2007—2008 | Prva HNL | 13 | 4 | 4 | 1 | 3 | 1 | 20 | 6 | |||
NK Zagreb | 2008—2009 | Prva HNL | 29 | 11 | 3 | 2 | 32 | 13 | ||||
2009—2010 | Prva HNL | 26 | 18 | 4 | 1 | 30 | 19 | |||||
NK Varaždin | 2010—2011 | Prva HNL | 24 | 6 | 2 | 2 | 26 | 8 | ||||
2011—2012 | Prva HNL | 16 | 2 | 1 | 0 | 5 | 4 | 22 | 6 | |||
Slaven | 2011—2012 | Prva HNL | 7 | 4 | 7 | 4 | ||||||
2012—2013 | Prva HNL | 19 | 8 | 2 | 2 | 2 | 0 | 23 | 10 | |||
2013—2014 | Prva HNL | 21 | 8 | 4 | 1 | 25 | 9 | |||||
2014—2015 | Prva HNL | 17 | 2 | 1 | 0 | 18 | 2 | |||||
Davlat | Xorvatiya | 340 | 146 | 57 | 33 | 1 | 0 | 19 | 9 | 417 | 188 | |
Turkiya | 85 | 29 | 8 | 7 | 0 | 0 | 4 | 1 | 97 | 37 | ||
Italiya | 121 | 21 | 11 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 132 | 25 | ||
Karyerada jami | 546 | 196 | 76 | 44 | 1 | 0 | 23 | 10 | 646 | 250 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Varteks / Varaždin[5]
- Futbol boʻyicha Xorvatiya kubogi sohibi: 1995—1996, 2010—2011
Rijeka
- Futbol boʻyicha Xorvatiya kubogi: 2005—2006
Dinamo Zagreb
- Prva HNL : 2006—2007, 2007—2008
- Futbol boʻyicha Xorvatiya kubogi: 2006—2007, 2007—2008
- Superkubok : 2006-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „VELIKA VIJEST ZA HRVATSKI NOGOMET: VRAĆA SE VARTEKS! 'Davno smo obećali pokojnom Anđelku!’“. sportske.jutarnji.hr. Qaraldi: 18-oktabr 2017-yil.
- ↑ Strahija, Ivana. „Vugrinec napustio Varaždince“ (xorvatcha). Sportnet.hr (6-mart 2012-yil). 2012-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2012-yil.
- ↑ Dubravac, Ante. „Vugrinec i službeno u Koprivnici“ (xorvatcha). Sportnet.hr (14-mart 2012-yil). 2012-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-mart 2012-yil.
- ↑ Strahija, Ivana. „Vugrinčev 125. gol u pobjedi Slavena“ (xorvatcha). Sportnet.hr (16-mart 2012-yil). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-mart 2012-yil.
- ↑ „D.Vugrinec“. Soccerway. Qaraldi: 5-aprel 2016-yil.