Eduardo Camavinga
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Eduardo Celmi Camavinga[1] | ||
Tavallud sanasi | 10-noyabr 2002-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Kabinda, Angola | ||
Boʻyi | 1.82 m[3] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Real Madrid | ||
Raqami | 25 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2009—2013 | Drapeau-Fougères | ||
2013—2018 | Renn | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2018—2019 | Renn B | 13 | (4) |
2019—2021 | Renn | 71 | (2) |
2021- | Real Madrid | 26 | (2) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2019- | Fransiya U21 | 13 | (2) |
2020- | Fransiya | 3 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (20-may uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (9-iyun uchun) |
Eduardo Celmi Camavinga (2002-yil 10-noyabrda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, La Liganing „Real Madrid“ klubi yarim himoyachisi. Angolada tugʻilgan, Fransiya terma jamoasi safida oʻynaydi.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Camavinga 2002-yilda Angolaning Kabinda shahridagi qochqinlar lagerida kongolik er-xotindan dunyoga kelgan[4][5]. Uning beshta ukasi bor. Ikki yoshida oilasi Fransiyaga koʻchib oʻtdi. Ular Fujerga koʻchib oʻtishadi, Camavinga shu yerda voyaga yetadi. U bir muddat dzyudo bilan shugʻullangan, keyinchalik faqat futbolga eʼtibor qaratish uchun mashgʻulotlarni tark etgan. 2013-yilda Kamavingalarning uyi yonib, oilaning koʻp mol-mulki vayron boʻlgan; Eduardoning taʼkidlashicha, bu uni futboldagi karyerasini davom ettirishga undagan motivatsiya manbayi boʻlgan[6].
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Renn
[tahrir | manbasini tahrirlash]Camavinga 11 yoshida Rennning yoshlar jamoasiga qoʻshilgan. U oʻzining birinchi professional shartnomasini 2018-yilning 14-dekabrida, 16 yosh-u bir oyligida imzoladi va klubning eng yosh futbolchisiga aylandi[7]. 2019-yilning 6-aprelida Liga 1 doirasida „Anje“ga qarshi 3-3 hisobida yakunlanga oʻyinda „Renn“ safida debyut qildi[8] va 16 yos-hu 6 oyligida „Renn“ning asosiy jamoasida oʻynagan eng yosh futbolchiga aylandi[9].
2019-yil 18-avgust kuni Kamavinga Parij Sen-Jermenga qarshi oʻyinda (2:1) golli uzatmani amalga oshirdi va oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[10]. U „Renn“ safidagi ilk golini 2019-yilning 15-dekabrida, „Lion“ga qarshi oʻyinning 89-daqiqasida (1:0) kiritdi[11].
2020-21 yilgi UEFA Chempionlar Ligasida „Renn“ safida „Krasnodar“, "Chelsi" va „Sevilya“ga qarshi toʻrtta oʻyinda maydonga tushdi[12].
Real Madrid
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yilning 31-avgust kuni "Real Madrid" Kamavinga bilan 2027-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[13][14]. 2021-yil 12-sentyabrda Vigoning „Selta“ klubi ustidan yirik 5:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda debyut qildi va zaxiradan maydonga tushganidan koʻp oʻtmay gol urdi. Uch kundan soʻng, 2021-yil 15-sentabrda u „Real Madrid“ safida Chempionlar ligasidagi debyutini oʻtkazdi, 80-daqiqada Luka Modrich oʻrniga maydonga tushdi va „Inter“ga qarshi oʻyindagi gʻalaba golida Rodrigoga assistentlik qildi[15]. Kamavinga 2022-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalining 85-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va „Real Madrid“ safida"Liverpul " ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, 2021-22-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi chempionligini qoʻlga kiritdi[16].
Xalqaro maydondagi faoliyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil 5-noyabrda Kamavinga Fransiya fuqaroligini oldi[17]. Olti kun oʻtib, Matt32eo Guendouzi kattalar jamoasiga chaqirilgandan soʻng, u Gruziya va Shveysariyaga qarshi oʻyinlarda Fransiyaning U21 terma jamoasi sharafini himoya qilish uchun chaqirildi[18].
2020-yilning 27-avgustida Pol Pogba COVID-19 testi bilan safdan chiqqanidan keyin Kamavinga Fransiyaning milliy terma jamoasiga chaqiridi. Natijada Rene Jerarddan (1932-yil, 17 yosh) keyin Fransiya milliy terma jamoasiga chaqirilgan eng yosh futbolchiga aylandi, oʻshanda endigina 17 yosh, 9 oy va 17 kunlik edi[19]. 8-sentyabr kuni u UEFA Millatlar ligasida Xorvatiyaga qarshi 4:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinning ikkinchi boʻlim oʻrtalarida NʼGolo Kantening oʻrniga maydonga tushdi[20]. Bu bilan u Moris Gastigerdan (1914-yil) keyin 17 yosh, 9 oy va 29 kunligida Fransiya terma jamoasida oʻynagan eng yosh futbolchiga aylandi[21].
2020-yil 7-oktyabrda Kamavinga Fransiya terma jamoasidagi ilk uchrashuvini Ukrainaga qarshi 7:1 hisobidagi gʻalaba bilan boshladi va u oʻzining birinchi xalqaro golini urib, tepadan zarbasi bilan hisobni ochdi. Bu uni 1914-yilda Moris Gastigerdan keyin Fransiya terma jamoasi safida eng yosh toʻpurarga aylantirdi[22]
2021-yil 25-iyunda Kamavinga Silven Ripollning 2021-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun Fransiya terma jamoasining 18 kishilik tarkibiga kiritildi[23]. Ammo keyinroq klubi eʼtiroz bildirgach jamoadan chetlatildi[24].
Karyera statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klublar safida
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yil 28-maygacha o'tkazilgan o'yinlar holatiga ko'ra[25]
Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Liga kubogi | Yevropa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Boʻlim | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Renn B | 2018-19 | Milliy chempionat 3 | 13 | 4 | — | — | — | — | 13 | 4 | ||||
Renn | 2018-19 | Liga 1 | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 7 | 0 | |
2019-20 | Liga 1 | 25 | 1 | 5 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | 1 | 0 | 36 | 1 | |
2020-21 | Liga 1 | 35 | 1 | 0 | 0 | — | 4 | 0 | — | 39 | 1 | |||
2021-22 | Liga 1 | 4 | 0 | 0 | 0 | — | 2 | 0 | — | 6 | 0 | |||
Jami | 71 | 2 | 5 | 0 | 1 | 0 | 10 | 0 | 1 | 0 | 88 | 2 | ||
Real Madrid | 2021-22 | La Liga | 26 | 2 | 3 | 0 | — | 10 | 0 | 1 | 0 | 40 | 2 | |
Karyera jami | 110 | 8 | 8 | 0 | 1 | 0 | 20 | 0 | 2 | 0 | 141 | 8 |
Xalqaro maydonda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2020-yil 14-oktabrgacha o'tkazilgan o'yinlar holatiga ko'ra[25]
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Fransiya | 2020 | 3 | 1 |
Jami | 3 | 1 |
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Real Madrid
Individual
- UNFP Liga 1 Oyning eng yaxshi futbolchisi: 2019-yil avgust[29]
- IFFHS Menʼs Youth (U20) Jahon terma jamoasi: 2020[30], 2021[31]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Acta del Partido celebrado el 12 de septiembre de 2021, en Madrid“ [Minutes of the Match held on 12 September 2021, in Madrid] (ispancha). Royal Spanish Football Federation. 2021-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Eduardo Camavinga: Overview“. ESPN. Qaraldi: 14-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Camavinga“. Real Madrid CF. Qaraldi: 14-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Precocious Camavinga showing promise and progress“ (inglizcha). FIFA (9-sentabr 2020-yil).
- ↑ „VIDÉO. Football : Eduardo Camavinga, la pépite de Fougères qui vient de signer pro au Stade Rennais“. actu.fr.
- ↑ „Eduardo Camavinga is only 16 but his form for Rennes has top European scouts circling“. ESPN (25-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 4-aprel 2020-yil.
- ↑ „Premier contract Professionnel pour Eduardo Camavinga“ (fransuzcha). staderennais.com. Stade Rennais F.C. (14-dekabr 2018-yil). 2019-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-aprel 2020-yil.
- ↑ „Angers SCO vs. Rennes – 6 April 2019“. Soccerway (6-aprel 2019-yil). Qaraldi: 4-aprel 2020-yil.
- ↑ „Rennes Sensation Eduardo Camavinga Is a New Kind of 16-Year-Old Footballer“. bleacherreport.com. Bleacher Report (7-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 4-aprel 2020-yil.
- ↑ „Eduardo Camavinga: Angola youngster reacts after helping Rennes stun PSG“. Goal (website) (19-avgust 2019-yil). Qaraldi: 18-avgust 2020-yil.
- ↑ „Rennes Beat Lyon“. Bleacher Report (15-dekabr 2019-yil).
- ↑ „Eduardo Camavinga: You’ve heard the name, here’s why Europe’s top clubs want him“. The Athletic (25-aprel 2021-yil).
- ↑ „Official Announcement: Camavinga“. Real Madrid. Qaraldi: 31-avgust 2021-yil.
- ↑ „Eduardo Camavinga : du Roazhon Park à Bernabéu !“. staderennais.com. Qaraldi: 31-avgust 2021-yil.
- ↑ „Real Madrid: Eduardo Camavinga’s assist for the winner against Inter shows wisdom beyond his years“. therealchamps.com. therealchamps.com. Qaraldi: 16-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Camavinga labels Real Madrid's Champions League triumph a 'dream come true'“. uk.sports.yahoo.com.
- ↑ „Rennes : Eduardo Camavinga a été naturalisé is Ecuadorian français“ (fransuzcha). L'Équipe (5-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 5-noyabr 2019-yil.
- ↑ „Eduardo Camavinga (Rennes) officiellement convoqué en équipe de France Espoirs“ (fransuzcha). L'Équipe (11-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2019-yil.
- ↑ „Eduardo Camavinga devient le plus jeune joueur appelé en équipe de France depuis l'après-guerre...“ (fransuzcha). France Football (27-avgust 2020-yil). Qaraldi: 28-avgust 2020-yil.
- ↑ „France 4–2 Croatia“ (inglizcha). BBC Sport. Qaraldi: 8-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Eduardo Camavinga plus jeune international français depuis 1945“ (fransuzcha). L'Équipe. Qaraldi: 9-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Eduardo Camavinga plus jeune buteur des Bleus depuis 1914“ (fransuzcha). L'Équipe. Qaraldi: 8-oktabr 2020-yil.
- ↑ „THE LIST FOR THE TOKYO GAMES“ (fransuzcha). French Football Federation (25-iyun 2021-yil).
- ↑ De Cosemo, Harry. „Tokyo 2020: Olympic men's football players to watch“. BBC Sport (21-iyul 2021-yil). Qaraldi: 22-iyul 2021-yil.
- ↑ 25,0 25,1 Eduardo Camavinga Soccerway saytida
- ↑ Westwood. „Real Madrid clinch 35th La Liga title with four games to spare after victory over Espanyol“. Goal.com (30-aprel 2022-yil). Qaraldi: 30-aprel 2022-yil.
- ↑ „Acta del Partido celebrado el 16 de enero de 2022, en Prince Bandar Ibn Abd Al Aziz, Riad, 13233, Arabia Saudí“ (ispancha). Royal Spanish Football Federation. 2022-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
- ↑ „Champions League final: Vinícius Júnior scores only goal as Real Madrid deny Liverpool again“. UEFA.com. Union of European Football Associations (28-may 2022-yil). Qaraldi: 28-may 2022-yil.
- ↑ „EDUARDO CAMAVINGA, JOUEUR DU MOIS D'AOÛT DE LA LIGUE 1 CONFORAMA !“ (fransuzcha). UNFP (16-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 16-sentabr 2019-yil.
- ↑ „IFFHS“. www.iffhs.com.
- ↑ „IFFHS MEN'S YOUTH (U20) WORLD TEAM OF THE YEAR 2021“. iffhs.com. International Federation of Football History & Statistics (9-dekabr 2021-yil). 2021-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-dekabr 2021-yil.