(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Eger - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Eger

Koordinatalari: 47°53′56″N 20°22′29″E / 47.89889°N 20.37472°E / 47.89889; 20.37472
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eger
Skyline of Eger
Egerning bayrogʻi
Bayroq
Egerning rasmiy gerbi
Gerb
47°53′56″N 20°22′29″E / 47.89889°N 20.37472°E / 47.89889; 20.37472
Hukumat
 • mer Laslo Habash
Maydon 92.24 km2 (35.61 kv mi)
Telefon kodi

+36 36

kenglik =
[[File:|290px|Eger xaritada]]
Markaziy maydonda Ishtvan Dobo haykali. Orqa fonda qal'a joylashgan

Eger ( veng.: Eger; nemischa: Erlau ) — Vengriyaning shimolidagi shahar, Byukk va Matra tog‘ tizmalarining janubiy yon bag‘irlarida, Xevesh okrugining ma’muriy markazi. 2014-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, shahar aholisi  54 527[1] nafarni tashkil etadi.

Shahar o‘zining qal’asi, termal buloqlari (balneologik kurorti), tarixiy inshoatlari (jumladan, shimoliy turk minorasi), shuningdek, "Eger ho‘kiz qoni" qizil vinosi ishlab chiqarishi bilan mashhur. Shahar nomi vengercha g(e)r (bog‘, shahar) so‘zidan kelib chiqqan.

Eger katolik arxeparxiyasining markazidir. Shahar aholisining ko‘pchiligi katoliklar (ham lotin, ham yunon katoliklari marosimi); pravoslavlar, protestantlar va iudalardan iborat.

Geografiya va transporti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar Budapeshtdan 130 kilometr shimoli-sharqda joylashgan. Budapesht-Mishkols avtomagistralidan temir yo‘l liniyasi Egerga olib boradi. Shahar Budapesht va qo‘shni shaharlar bilan muntazam avtobus va temir yo‘l aloqalari orqali bog‘langan. Budapeshtga poyezd va avtobusda borish  2-2,5 soat vaqtni oladi.

Eger qal'asidan shahar ko'rinishi

Egerda aholi yashash joyi qadim zamonlardan beri mavjud. Ilk O‘rta asrlarda bu hududda german qabilalari yashab, ularning o‘rnini avarlar egallagan. Shahar mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, Eger atrofini slavanlar egallagan. X asrda kelib esa shahar vengerlarga tegishli bo‘la boshlaydi. Avliyo Ishtvan Egerda episkopni vujudga keltiradi. Shaharning birinchi sobori Qal’a tepaligida qurilgan, ayni kunda Eger qo‘rg‘oni shu yerda qo‘nim topgan . Shahar rivojlanib, sobor atrofiga yoyilib boradi va mamlakatning eng muhim diniy markazlaridan biri bo‘lib qoladi. XIII asrda Qal’a tepaligida qudratli qo‘rg‘on qurilgan.

Shahar rivojlanishining eng yuqori pallasi XIVXVI asrlarga to‘g‘ri keldi. Matyash Korvin (1458-1490) davrida Egerda ko‘plab ko‘rkam inshoatlar bo‘y cho‘zdi, Eger atrofida uzumchilik va vinochilik jadal tarzda rivojlandi.

Bazilika

1552-yilda Vengriyaga turklar bostirib kirganda Eger qal’asi qamal qilingan. Kapitan Ishtvan Dobo qo‘mondonligi ostida qo‘rg‘on himoyachilari dushman qo‘shinlarining ancha ustunligiga (vengerlar armiyasida 2000 dan kam himoyachi, turklarda esa 80000 dan ortiq himoyachi bor edi) bardosh bera olgan qahramonliklari Vengriya tarixida eng shonli daqiqalardan biriga aylandi. 1596-yilda turklar yana Egerga hujum uyushtirishadi va bu galgi g‘alayon 1687-yilgacha o‘z hukmronligi ostida bo‘lgan shaharni eqo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Turklar xristian cherkovlarini masjidga aylantirdilar, qal’ani qayta qurdilar, shaharda hammom va minoralarni barpo etishdi.

1687-yilda turklar tamoman Vengriyadan quvib chiqariladi, shundan so‘ng shahar Gabsburglar qo‘l ostiga o‘tadi. Eger yana jadal rivojlanish davrini boshdan kechiradi, ko‘plab hashamatli saroy va ibodatxonalar qurildi. Eger episkoplari shaharning haqiqiy egalari bo‘lib, uning gullab-yashnashiga hissa qo‘shishgan. 1836-yilda Egerda ulug‘vor ehromi qurildi, u o‘sha paytda mamlakatdagi eng katta cherkovi bo‘lgan. Yepiskoplarning (1804-yildan arxiyepiskoplar) hokimiyati XIX asrning 50-yillaridagi islohotlardan keyin tugatildi. Shahar asta-sekin o‘z ahamiyatini yo‘qota boshladi, Budapesht—Mishkols temir yo‘l liniyasi Egerdan uzoqlashdi.  

Ikkinchi jahon urushi mahalida Eger, boshqa Vengriya shaharlaridan farqli o‘laroq, kam jabrlandi, bu shaharning me’moriy durdona obidalarini saqlab qolish va uni mamlakatning asosiy sayyohlik markazlaridan biriga aylantirishga turtki berdi.

Diqqatga sazovor joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Minoritlar cherkovi

Magyarország közigazgatási helynévkönyve, 2021. január 1., Gazetteer of Hungary, 1 January 2019