Eva Moser
Eva Moser | |
---|---|
Mamlakat | Avstriya |
Tugʻilishi |
26-iyul1982-yil Tamsweg, Avstriya |
Vafoti |
31-marct 2019-yil (36-yoshida) Graz, Avstriya |
Saravha |
Xalqaro magistr, Ayol grossmeyster |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) |
Yuqori reytingi | 2471 (July 2012) |
Eva Moser (talaffuzi: Eva Mozer 26-iyul 1982-yil — 31-mart 2019-yil) avstriyalik shaxmatchi. U FIDE tomonidan 2004-yilda Xalqaro usta (IM) va 2003-yilda ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga sazovor boʻlgan.[1] Moser shaxmat boʻyicha Avstriyaning mutlaq chempioni va ayollar chempionatlarida ham gʻolib boʻlgan. U 2008-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan.
Shaxmatdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moser 10 yoshidan shaxmat oʻynay boshlagan. U sakkiz marta shaxmat boʻyicha qizlar oʻrtasidagi Avstriya chempionatida turli yosh guruhlarida gʻolib chiqqan.
1998-yilda Mozer 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Murek shahrida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida tay-brekda gʻalaba qozongan Ana Matnadzedan keyingi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Umumjamoa hisobida Moser 2000-yildan beri ayollar shaxmat olimpiadasida, 2004-yilda 36-shaxmat olimpiadasining ochiq seksiyasida (odatda „erkaklar seksiyasi“ deb ataladi), 2003-yildan beri ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida va Mitropa Cup (1999, 2002, 2004) ochiq boʻlimida Avstriya sharafini himoya qilib kelgan.
Moser FIDE tomonidan 2003-yilda Ayol grossmeyster (WGM) (Avstriyalik ayollar oarsida birinchisi) va 2004-yilda xalqaro usta (IM) unvonlari bilan taqdirlangan.
2006-yilda u Köflachda boʻlib oʻtgan Avstriya shaxmat chempionatida[2] mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va bu ishni qilgan birinchi ayol boʻldi. U 2010[3] va 2011-yillarda[4] ayollar oʻrtasidagi Avstriya chempionatida gʻolib boʻlgan.
2000-yilda Drezden ayollar musobaqasi,[5] Jena Open 2009,[6] 2010,[7] 2011[8] va 2012,[9] va Chess Ladies Vena 2012[10] va 2013 turnirlarda mutlaq gʻolib boʻlgan.
2006—2007-yilgi mavsumda uning Avstriya birinchi liga jamoasi Styria Graz Avstriya terma jamoasi chempioniga aylandi. U Avstriyaning „Wolfsberg“ jamoasida oʻynagan. OSG Baden-Baden Germaniya ayollar shaxmat Bundesligasida besh marta gʻalaba qozongan va koʻp yillar davomida oʻz mavqeini saqlab qolgan.
Moser, shuningdek, ChessBase bilan kam miqdordagi oʻquv shaxmat DVDlarini nashr etdi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moser 2009-yilda Gratsda biznes boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha diplomni qoʻlga kiritgan. U Avstriyaning „Schach-Aktiv“ shaxmat jurnalida ishlagan.
Eva Moser 2019-yil 31-martda[11] Gratsda leykamiyadan vafot etdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Moser, Eva FIDE Chess Profile“. ratings.fide.com. 2019-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-aprel 2019-yil.
- ↑ AUT Staatsmeisterschaft 2006. Tournament report.. FIDE.
- ↑ Austrian Womenʼs Championship 2010. Tournament report.. FIDE.
- ↑ Austrian Womenʼs Championship 2011. Tournament report.. FIDE.
- ↑ Big Database 2013, ChessBase GmbH
- ↑ 3. Schwarzer Bär — Open 2009 (Wayback Machine saytida 4-mart 2016-yil sanasida arxivlangan) Tournament Results
- ↑ 4. Schwarzer Bär — Open 2010 (Wayback Machine saytida 24-sentabr 2015-yil sanasida arxivlangan) Tournament Results
- ↑ 5. Schwarzer Bär Open 2011. Tournament report.. FIDE.
- ↑ 1. Hotel-am-Stadion Open 2012. Tournament report.. FIDE.
- ↑ Chess Ladies Vienna 2012. Tournament report.. FIDE.
- ↑ Schulz, André (2019-04-03). „Eva Moser (July 26, 1982 — March 31, 2019) has died at 36“. ChessBase.