Evgeniy Maloletka
Evgeniy Konstantinovich Maloletka (ukraincha: Євген Костянтинович Малолєтка, ruscha: Евгений Константинович Малолетка) – ukrain jurnalisti va fotosuratchisi. Rossiya tomonidan Ukrainaga bostirib kirgan davrda Mariupol qamalini yoritib, tugʻruqxonadagi portlash natijasida yaralangan ayolning suratini suratga olgan. Shundan soʻng, Jahon matbuot fotosida yilning eng yaxshi tanloviga sazovor boʻlgan[1][2]. 2023-yilda ikkita Pulitser mukofotini qoʻlga kiritib, biri Mstislav Chernov, Vasilisa Stepanenko va Lori Hinnant bilan boʻlgan davlat xizmati uchun, ikkinchisi esa Felipe Dana, Emilio Morenatti, Rodrigo Abd, Nariman El- Mofty, Vadim Ghirda va Bernard Armangue, Ukrainadagi urushni yoritish uchun Associated Press jamoasi tarkibida boʻladi[3].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maloletka Berdianskda tugʻilgan. Igor Sikorskiy Kiyev politexnik institutida elektronika oʻrganib, 2010-yilda tamomlagan[4].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yilda UNIAN uchun xodim fotosuratchisi sifatida ishga tushadi. Keyinchalik esa freelancer sifatida ishlab,Associated Press, Al Jazeera va „Der Spiegel“ bilan hamkorlik qiladi.
2020—2021-yillarda Ukrainada COVID-19 pandemiyasi qamrab olgan. Ayniqsa, uning doktor Evhen Venzhynovychning fotosurati ijtimoiy reklama uchun keng qoʻllanadi[5].
2022-yilning fevral va mart oylarida Rossiya Ukrainaga bostirib kirganida Mariupol shahrida qolishgan. U yerda Associated Press xodimlari Mstyslav Chernov, videoproduktyor Vasilisa Stepanenko va AP uchun ishlaydigan mustaqil ishchilar Maloletka Rossiya qoʻshinlari tomonidan qamal qilinib, keng bombardimon qilingan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi Rossiya faqat harbiy qurilmalarni maqsad qilib qoʻyganini taʼkidlab oʻtadi. Chernov, Maloletka va Stepanenko kamdan-kam jurnalistlar orasida boʻlib, APga koʻra, oʻsha davrda Mariupoldagi yagona xalqaro jurnalistlardan boʻlgan. Ularning fotosuratlari Gʻarb ommaviy axborot vositalari tomonidan vaziyatni qamrab olish uchun keng qoʻllangan[6] [7]. Chernovning aytishiga qaraganda, ular 11-mart kuni kasalxonada boʻlib, Ukraina askarlarining yordamida shahardan fotosuratlar olishgan. Keyin Mariupoldan zararsiz qochib ketishga muvaffaq boʻlishadi[8].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022: Mariupoldagi ishlari uchun Chernov va Vasilisa Stepanenko bilan birga Knight xalqaro jurnalistika mukofoti[9]
- 2022: Visa d’Or mukofoti[10]
- 2023: Mintaqaviy gʻolib, Jahon matbuot fotosi, foto seriyalar yoʻnalishi[11][12]
- 2023: Yilning Jahon matbuot fotosi, Jahon matbuat fotosi jamgʻarmasi[13]
- 2023: Pulitzer mukofoti (Mstyslav Chernov, Vasilisa Stepanenko va Lori Hinnant bilan boʻlishilgan)
- 2023: Yangiliklar fotografiyasi uchun Pulitzer mukofoti (Bernat Armangue, Emilio Morenatti, Felipe Dana, Nariman El-Mofty, Rodrigo Abd va Vadim Ghirda bilan boʻlishilgan[3])
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Мстислав Чернов и Евгений Малолетка остались единственными журналистами в Мариуполе. И показали миру обстрелянный роддом“ (ru). Meduza.
- ↑ „World Press Photo awards 2023“. Qaraldi: 2023-yil 20-aprel.
- ↑ 3,0 3,1 Bauder, David. AP wins public service, photo Pulitzers for Ukraine coverage. Associated Press (2023-yil 8-may).
- ↑ „About Evgeny Maloletka“. Evgeny Maloletka Photography.
- ↑ Горчинская, Александра. „"Все так же, как на фронте". Как фотограф Евгений Малолетка снимает борьбу украинских медиков с коронавирусом“ (ru). nv.ua (2021-yil 19-dekabr).Gorchinskaya, Aleksandra (19 December 2021). "„Vse tak je, kak na fronte“. Kak fotograf Yevgeniy Maloletka snimaet borbu ukrainskix medikov s koronavirusom". nv.ua (in Russian).
- ↑ Klein, Charlotte. „"This Is Personal for Them": Two Ukrainian AP Journalists Capture the Most Devastating Moments of War“. Wanity Fair (2022-yil 17-mart).
- ↑ Vachedin, Dmitry. „Украинские журналисты получили Пулитцеровскую премию“. Deutsche Welle (2023-yil 9-may).
- ↑ Chernov, Mstyslav. „20 Days in Mariupol“. AP News (2022-yil 22-mart).
- ↑ „Media Innovators and Intrepid Reporters Covering Global Hotspots Tapped for Prestigious International Journalism Awards“. The International Center for Journalists.
- ↑ „Ukrainian Wins Top Photojournalism Prize For Work During Siege Of Mariupol“. NDTV (2022-yil 4-sentyabr).
- ↑ „2023 Contest regional winners“. Vimeo.
- ↑ „Премия World Press Photo: серия снимков Евгения Малолетки из Мариуполя признана лучшей в Европе“ (ru). Meduza (2023-yil 29-mart).
- ↑ Fidler, Matt. „World Press Photo 2023 contest global winners – in pictures“. The Guardian (2023-yil 20-aprel). Qaraldi: 2023-yil 20-aprel.