(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Eyr - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Eyr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eyr yoki Kati Thanda–Lake EyreAvstraliyadagi eng yirik oqmas shoʻr koʻl. Materikning jan. qismidagi choʻl iqlimli botiq (dengiz sathidan 12 m past) da joylashgan. Koʻl yozda vaqtincha oqadigan daryo va soylar keltirgan suv bilan toʻlib, maydoni 15 ming km²ga, chuq. 20 m ga yetadi. Yilning qolgan mavsumida qurib, oʻrnida shoʻrxok qoladi. Milliy bogʻ tarkibida. Koʻl ingliz tadqiqotchi sayyohi E.J.Eyr nomiga qoʻyilgan.