(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Florensiya maktabi - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Florensiya maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Florensiya maktabi - 13 16-asrlarda Italiyadagi asosiy badiiy maktablardan biri; Ilk Uygʻonish davridan boshlab to renessans madaniyati inqirozigacha boʻlgan davrni oʻzida aks ettiradi. Florensiya maktabi rangtasviri asoschisi Jotto bulib, uning ijodi Florensiyann protorenessans sanʼatining avangardiga aylantirgan; izdoshlari (Taddeo Gaddi, Mazo di Banko va boshqalar)ning ijodi koʻndalang qoʻyilgan masalalarni hal qilish jarayonida rivojlandi. Florensiya maktabida 14-asr 3choragida baynalmilal gotika gʻalaba qozondi (Anolo Gaddi, Lorenso Monako). Insonparvarlik gʻoyalari Ilk Uygʻonish davri Florensiya maktabi sanʼatining goyaviy asosiga aylandi. Meʼmor F. Brunelleski, haykaltarosh Donatello, rassom Mazachcho va boshqa ijodi Florensiya maktabi shakllanishida muhim rol oʻynadi. Florensiya maktabi rangtasviri realistik izlanishlarning davomiyligi, sanʼat va fan amaliyotlari (perspektiva va boshqa masalalar)ning nazariya va amaliyotlari bilan qiziqishi, sanʼat va amaliyotning oʻzaro aloqalari bilan ajralib turadi (Verrokko, P. Uchchello va boshqalar). 15-asr oxirida Florensiya maktabida demokratik anʼanalar (D. Girlandayo) saqlangani holda Lorenso Medichi saroyida shakllangan aristokratlar sanʼati anʼanalari xukmronligi ortib bordi (Bottichelli,Fillippino Lippi). Leonardo da Vinchi va Mikelanjelo ijodi Florensiya maktabi doirasidan chiqib Yuksak Uygʻonish davri sanʼatining choʻqqisiga aylandi. Florensiya maktabi uslubiy yaxlitligi bu yerda manyerizm tarqala boshlashi bilan barham topdi (J. Vazari va boshqalar).