Fuqarolik protsessual huquqi
Fuqarolik protsessual huquqi — huquq sohasi; sud tomonidan fuqarolik ishlarini koʻrish va hal qilish, shuningdek, sudlar va boshqa ayrim organlar qarorlarining ijro etilishi tartibini belgilaydi. Fuqarolik protsessual huquqining predmeti — sud majlisida tekshiriladigan va hal qilinadigan fuqarolik ishlari tufayli vujudga keladigan sud va protsessning boshqa ishtirokchilari oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlardir. Fuqarolik protsessual huquqi fuqarolik ishlarini yuritishni tartibga solib, qoʻzgʻatilgan ish yuzasidan sudning, protsess ishtirokchilarining, sud qarorini ijro etuvchilarning qanday harkatlarni qanday tarzda bajarishlari lozimligini, bunday harakatlarning oqibatlari nimadan iborat boʻlishi (ish haqi undirilishi, keltirilgan zarar toʻlanishi)ni belgilaydi. Fuqarolik protsessual huquqi huquqning boshqa sohalari, chunonchi, jinoyat protsessual huquqi bilan bogʻliq. Huquqning bu har ikki sohasini birlashtiradigan mazmun shundaki, ular odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Fuqarolik protsessual huquqining asosiy manbai Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksidir.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |