(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Gregory House - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Gregory House

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gregory House, M.D.
Doktor House teleseriali obrazi
Ilk bora koʻringan „Pilot“ (1.01)
Soʻnggi bora koʻringan „Hamma oʻladi“ (8.22)
Muallif(lar) David Shore
Jonlantirgan(lar) Hugh Laurie
Umumiy maʼlumotlar
Laqabi House
Jinsi erkak
Kasbi Diagnostika boʻlimi rahbari
Nefrolog (sobiq)
Aloqador boshqa obraz(lar) Stacy Warner (sobiq sevgilisi)
Lisa Cuddy (sobiq sevgilisi)
Dominika Petrova (xotini, ajrashgan)

Gregory House (talaffuzi: Gregori Xaus/Haus) — amerikalik kinoijodkorlar tomonidan sur’atga olingan tibbiyotga aloqador Doktor House teleserialining bosh qahramoni. Obraz David Shore tomonidan yaratilgan hamda aktyor Hugh Laurie tomonidan tasvirlangan. House Nyu-Jersi shtatida joylashgan Princeton-Plainsboro shifoxonasida diagnostika boʻlimi boshligʻi hisoblanadi[1]. Qahramon xarakteri mizantropiya, sinizm, egoizm va telba daholik kabi xususiyatlar bilan sifatlangan[2].

Serialda qahramonning noanʼanaviy diagnostik yondashuvlari, radikal terapevtik motivlari va qatʼiyatli ratsionalligi u va uning hamkasblari o‘rtasida ko‘plab ziddiyatlarga sabab bo‘ladi[3]. Obrazda koʻpincha oʻz bemorlariga nisbatan hamdardlik sifati yoʻqligi tasvirlangan. Bemorlar tuygʻulari bilan ovora boʻlib qolmaslik unga patologik jumboqlarni hal qilish uchun vaqt tejashiga sabab boʻladi. Xarakterini yaratishda ijodkor qisman Sherlock Holmesdan ilhomlangan[4][5]. Housening bir necha yil oldin avtohalokat natiijasida oyogʻi nogiron boʻlib qolgani sababli, ogʻriqqa chiday olmay, doimiy ravishda vikodin ichib yurishi teleserial syujetining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Housedagi narkomaniya kokain va boshqa giyohvand moddalar isteʼmolini odat qilgan Sherlock Holmes kabi obrazlarga oʻxshashlikni keltirib chiqaradi[6].

Obraz haqida jamoatchilik tomonidan koʻplab ijobiy sharhlar aytildi, bu esa uning bir qancha „eng yaxshi“ roʻyxatlardan joy olishiga sabab boʻldi[7][8]. The Washington Post muxbiri Tom Shales Houseni „televideniyedagi soʻnggi yillarning eng hayajonli qahramoni“, deb atadi[9]. Houseni ekranda gavdalantirgan Hugh Laurie ushbu roli uchun turli mukofotlarga sazovor boʻldi. Jumladan, „Drama serialdagi eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasida 2 martadan Oltin globus mukofoti, Screen Actors Guild Awards, Satellite Awards mukofotlarini, 6 bora Primetime Emmy mukofotini, „Drama janridagi shaxsiy yutuqlari uchun“ Televizion tanqidchilar uyushmasi mukofotini qoʻlga kiritdi.

Gregory John va Blythe Houselar oilasida 1959-yilning 11-iyun[10] (baʼzi manbalarda 15-may)[11] sanasida tugʻilgan. Gregory harbiy xizmatchining farzandi boʻlib, otasi AQSh dengiz piyodalari korpusida uchuvchi boʻlib xizmat qilgan. Shu boisdan, Houselar oilasi tez-tez yashash joyini oʻzgartirib turgan[12]. Gregoryning oʻsha paytlarda til oʻrganishga qiziqishi yuqori boʻlgan hamda xitoy, yunon, yapon, portugal, ispan, hind va yahudiy tillarini oʻrgangan[13], ushbu tiillardagi suhbatlarni bemalol tushungan[14]. Otasi Misrda ham xizmat qilgan. House bu yerda arxeologiya va xazina izlashga qiziqib qoladi. Bu qiziqish esa balogʻat yoshiga qadar xazinalarni qidirishni oʻz hobbisiga aylantirishiga sabab boʻladi[15]. Yaponiyada yashagan paytlari 14 yoshli doʻsti bilan qoyaga chiqishgan kundan keyin oʻz kasbini topadi. Oʻsha yerda hech bir shifokor hal qila olmagan ishlarni uddalaydigan burakuminlar tabibining hurmatiga sazovor boʻladi. Filippinda ham bir muncha vaqt yashagan. U yerda tish davolash ishi bilan mashgʻul boʻlgan[16].

House onasini yaxshi koʻradi, biroq otasini koʻrgani koʻzi yoʻq. Otasini „aqldan ozgan kompas“, deb ataydi va doimo ota-onasidan qochishga harakat qiladi[12]. Biroq, bu hikoyalarga qaramasdan, House „One Day, One Room“ epizodida ota-onasi uni qattiqqoʻl, zoʻravon — topib olgan jazosi faqat kaltaklash boʻlgan buvisi bilan qoldirib ketganligi haqida gapirib beradi[17]. Biroq, keyingi epizodlardan birida otasi uni doimiy haqoratlaganiga iqror boʻladi[17]. Housening John uning biologik otasi ekanligiga ishonchi unga nistaban boʻlgan adolatsizliklar—kamsitishlar tufayli sinadi. 12 yoshida Houselar oilasining yaqin doʻstlaridan biri Thomas Bellda oʻziga oʻxshash hijatlarni koʻra boshlaydi va haqiqiy otasi John emas, Thomas ekanligi haqida oʻzicha xulosa qiladi[18]. „Birthmarks“ epizodida House DNK testiga analiz topshirgandan keyin John haqiqatan uning biologik otasi emasligini aniqlaydi[18]. „Love is Blind“ epizodida esa ikkinchi DNK testi javobi ortidan House oʻzining biologik otasi deb hisoblagan Tomas Bell ham uning otasi emasligi ochiqlanadi. Uning haqiqiy otasi kimligi nomaʼlumligicha qolgan[19].

House dastlab, Johns Hopkins universitetida fizika yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni tamomlagan. Tibbiyot sohasiga toʻliq kirishishidan avval fizika boʻyicha qora materiya tadqiqoti mavzusida doktorlik ishi yoqlashni oʻylaydi[20]. House Johns Hopkins tibbiyot maktabini aʼlo baholarga bitirgan. Mayo klinikasida raqobatbardosh amaliyotchi boʻlgan[21]. Biroq kursdoshi Philipp Weber u firibgarlik qilayotgani haqida rahbariyatni ogohlantirgach, Hopkinsdan haydalgan va amaliyotni nihoyasiga yetkazolmagan[21]. Haydalishi boʻyicha appelyatsiya bergan kezlari, Michigan universiteti tibbiyot fakultetiga oʻqishga kiradi va kitob doʻkonida ishlay boshlaydi. U yerda oʻzining boʻlajak boshligʻi va sobiq muhabbatlaridan biri boʻlgan Lisa Cuddy bilan tanishib qoladi[22]. Keyinchalik, House Cuddy bilan ishqiy munosabatga boʻladi[23]. Cuddy yillar oʻtib, House talabaligidayoq, allaqachon diagnostika sohasining „afsona“siga aylanganini taʼkidlaydi. Apellyatsiyasi qondirilmaydi. Unga Hopkinsga qayta kirishga ruxsat berilmaydi. House Yangi Orleanda boʻlib oʻtgan tibbiy anjuman paytida oʻzining eng yaqin doʻsti doktor James Wilson bilan ilk marotaba koʻrishib qoladi. Oʻsha paytda birinchi xotini bilan ajrashayotgan Wilson[18] haddan tashqari gʻazablanib, bar oynasini sindirib tashlaydi, buning ortidan esa jukeboxda oʻyin oʻynayotgan erkak va Wilson oʻrtasida janjal boshlanadi[18]. Anjumandan zerikkanligi va „biror kishi bilan ulfatchilik qilish“ niyati borligi sababli House zararni qoplaydi, Wilsonning nomini oqlash uchun advokat yollaydi (biroq, advokat buni eplolmaydi). Shu voqea ortidan ularning doʻstlik munosabatlarini boshlanadi[18]. House serial davomida oʻzini bir necha bor yuqumli kasalliklar va nefrologiya boʻyicha ikki tomonlama ixtisoslikka ega, kengash tomonidan tasdiqlangan diagnostika shifokori sifatida namoyon etadi[24].

House oʻzining sobiq muhabbatlaridan biri advokat Stacy Warner bilan „Lawyers vs. Doctors“ peyntbol oʻyini paytida tanishib qoladi va u bilan jiddiy munosabat quradi[16]. Munosabalar boshlanganidan besh yil oʻtib, House golf oʻyini paytida uch kun avval shifokorlar tomonidan notoʻgʻri tashxis qoʻyilganligi sababli oʻng oyogʻida infarktni boshdan kechirdi. Oxir-oqibat Housega oyoq infarkti tashxis qoʻyiladi[25]. Uning sonidagi anevrizma ivib qolgan, bu esa infarktga — tizzasidan yuqoridagi 4 ta asosiy son mushaklari nekroz boʻlishiga sabab boʻlgan[25]. House oyogʻining qolgan qismidagi qon aylanish jarayonini tiklash uchun zararlangan mushaklarining qon aylanish tizimizdagi ishtirokini toʻxtatishga qaror qiladi. Bu esa unda organ yetishmovchiligi va yurakning toʻxtab qolish xavfini tugʻdirar edi[25]. U amputatsiya — oyogʻini kesib tashlashlariga ruxsat bermaydi. Aksincha, oyogʻini saqlab qolish uchun operatsiyadan keyingi chidab boʻlmas ogʻriqlarga chidashni afzal koʻradi[25]. Ogʻriqni pasaytirish uchun qilingan kimyoterapiya natijasida House komaga tushib qoladi. Uni davolayotgan shifokor Cuddy va tibbiy vakili (bemor komadaligida uning nomidan qaror qabul qiladigan ishonchli odam) Stacy Housening qaroriga qarshi borishmoqchi boʻlib, oʻlik mushaklarni olib tashlash maqsadida oʻrtacha xavfsizlikdagi amputatsiya — jarrohlik amaliyoti oʻtkazishga qaror qilishadi[25]. Bu amaliyot uni butun umrga choʻloq boʻlib qolishga, biroq ogʻriqni nisbatan biroz kamayishiga sababchi boʻladi[25].

House Stacyni bu qarori uchun kechira olmaydi. Sababi House oyogʻi choʻloq boʻlib qolishini xohlamagandi, shu boisdan Stacy uni tashlab ketadi[25]. House sonidagi surunkali ogʻriqdan aziyat cheka boshlaydi. Yurishga yordam berish uchun hassaga suyanishga majbur boʻladi. Biroq, House hassasidan oʻzini himoyalash, pardalarni chetga surish, lift eshiklarini toʻxtatish, eshiklarni taqillatish kabi yumushlarda faol foydalanadi. Ogʻriqni yengillashtirish uchun tez-tez har xil dozada vikodin qabul qilib yuradi[26]. Housega narkomaniya va psixotik buzilish tashxisi qoʻyilganidan soʻng, psixiatr yordami bilan qaramligini qisqa vaqt ichida yoʻqotadi. Stacy serialning 1-mavsumda ilk bor koʻrinish berganida, Mark Warner ismli oʻrta maktabda konsul boʻlib ishlovchi aravachada harakatlanadigan erkak bilan turmush qurgan boʻladi[27]. Stacy va House ikkinchi mavsum davomida qisqa vaqt uchrashib yurishgan boʻlsa-da, House oxir-oqibat Stacyga erining oldiga qaytishi kerakligini aytadi va uning qalbini vayron qiladi. Ikkinchi mavsumning soʻngi qismi — „No Reason“ epizodida, Housening sobiq bemorlari biri boʻlgan ayolning eri xotini oʻz joniga qasd qilgani uchun Houseni otib qoʻyadi[28].

House uchinchi faslning boshida oʻqdan qolgan jarohatlarini ketamin muolajasini bilan davolaydi. Bu bilan esa yurish va yugurish qobiliyatini vaqtinchaga tiklaydi[29]. Ammo, oyogʻidagi surunkali ogʻriq hissi pasaymaydi, aksincha kundan kunga oʻsib boradi. Ogʻriq yana azob berayotganidan tushkunlikka tushgan House yana ogʻriq qoldiruvchi dorilarni qabul qila, hassa bilan harakatlana boshlaydi[30]. Shifokorlar uning hassa va dorilarni qayta ishlatish undagi psixologik moyillik bilan bogʻliq deya taxmin qilishadi[30].

  1. „House, M.D.“. Tioti.com. 2007-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „'Refugee' Tops 'Desperation' and 'Camp Cupcake' as Top Television Buzzword of the 2005“. The Global Language Monitor (2008-yil 18-iyun). 2013-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-mart.
  3. Kristine, Diane. „Ending Season Three With a Bang? An Interview with House Writer Lawrence Kaplow“. Blog Critics (2007-yil 23-aprel). 2015-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-fevral.
  4. O'Hare, Kate. „Builder keeps adding on to "House" for Fox“. Seattletimes (2005-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 20-fevral.
  5. „House and Holmes parallels“. Radio Times. BBC Magazines (2006-yil yanvar), s. 57. 2009-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Jericho, Arachne. „A House, MD and Sherlock Holmes Special: Predicting House Season Five Based On the Sherlock Holmes Canon“. Holmesian Derivations, A 21st century look at Sherlock Holmes. (2008-yil 31-may). 2008-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 27-sentyabr.
  7. Davies, Hugh. Dr. Laurie has viewers of US TV in stitches. The Daily Telegraph (2004-yil 20-noyabr), s. N9.
  8. Bianco, Robert. „There's a doctor worth watching in 'House'“. USA Today (2004-yil 16-noyabr), s. D1. Qaraldi: 2006-yil 30-dekabr.
  9. Shales, Tom. „'House': Watching Is the Best Medicine“. The Washington Post (2004-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2006-yil 30-dekabr.
  10. No Reason, S02E24 — after being shot, House is hospitalized. His hospital bracelet displays DOB as June 11, 1959, which is Hugh Laurieʼs birthdate.
  11. S07E22 a medicine bottle lists his DOB as May 15, 1959
  12. 12,0 12,1 „Daddy's Boy“. House, M.D. Season 2. Episode 5. November 8, 2005.
  13. S06E19, „The Choice“, while interacting with a patient.
  14. His knowledge of Mandarin is evidenced in „Risky Business“, S08E04, in conversation with his patient.
  15. „Clueless“. House, M.D. Season 2. Episode 15. March 28, 2006.
  16. 16,0 16,1 „Son of Coma Guy“. House, M.D. Season 3. Episode 7. November 14, 2006.
  17. 17,0 17,1 „One Day, One Room“. House, M.D. Season 3. Episode 12. January 30, 2007.
  18. 18,0 18,1 18,2 18,3 18,4 „Birthmarks“. House, M.D. Season 5. Episode 4. October 14, 2008.
  19. „Love Is Blind“. House, M.D. Season 8. Episode 14. March 19, 2012.
  20. „Twenty Vicodin“. House, M.D. Season 8. Episode 1. October 3, 2011.
  21. 21,0 21,1 „Distractions“. House, M.D. Season 2. Episode 12. February 14, 2006.
  22. „Humpty Dumpty“. House, M.D. Season 2. Episode 3. September 27, 2005.
  23. „Top Secret“. House, M.D. Season 3. Episode 16. March 27, 2007.
  24. „Occam's Razor“. House, M.D. Season 1. Episode 2. November 30, 2004.
  25. 25,0 25,1 25,2 25,3 25,4 25,5 25,6 „Three Stories“. House, M.D. Season 1. Episode 21. May 17, 2005.
  26. „Pilot“. House, M.D. Season 1. Episode 1. November 16, 2004.
  27. „Honeymoon“. House, M.D. Season 1. Episode 22. May 24, 2005.
  28. „No Reason“. House, M.D. Season 2. Episode Episode 24. May 11, 2011.
  29. „Meaning“. House, M.D. Season 3. Episode 1. September 5, 2006.
Asosiy personajlar: Dr. Gregory House | Dr. Lisa Cuddy | Dr. James Wilson | Dr. Allison Cameron | Dr. Robert Chase | Dr. Eric Foreman |Dr. Remy "Oʻn uchinchi" Hadley | Dr. Chris Taub | Dr. Lawrence Kutner
Ikkinchi darajali personajlar: Edward Vogler | Stacy Warner | Mark Warner | Michael Tritter | Amber Volakis | Lucas Douglas
Ijrochi prodyuserlar: Paul Attanasio | Katie Jacobs | David Shore | Bryan Singer
Aktyorlar: Hugh Laurie | Lisa Edelstein | Omar Epps | Robert Sean Leonard | Jennifer Morrison | Jesse Spencer | Peter Jacobson | Kal Penn | Olivia Wilde