Grigoriy Pulyayev
Grigoriy Valeryevich Pulyayev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Fuqaroligi | / |
Tavallud sanasi |
1971-yil 18-iyul Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Boʻyi | 172 sm |
Vazni | 71 kg |
Sport | |
Qaysi sport | Yunon-rum kurashi |
Medallar | |
Osiyo oʻyinlari Xirosima 1994 Bankok 1998 Kurash boʻyicha Osiyo chempionati Manila 1995 Syaoshan 1996 Tehron 1997 Markaziy Osiyo oʻyinlari Toshkent 1995 |
Grigoriy Valeryevich Pulyayev (1971-yil 18-iyulda tugʻilgan, Samarqand) — oʻzbek yunon-rum kurashchisi, Osiyo chempionati va Osiyo oʻyinlari sovrindori.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1971-yilda Samarqandda tugʻilgan. 1994-yili Osiyo oʻyinlarining kumush medali sovrindori boʻlgan, jahon chempionatida esa 11-oʻrinni egallagan. 1995-yilda Markaziy Osiyo oʻyinlarining kumush medali va Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. 1996-yilda Osiyo chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan va Atlantadagi Olimpiya oʻyinlarida 6-oʻrinni egallagan. 1997-yilda yana Osiyo chempionatining kumush medali sohibiga aylangan, ammo jahon chempionatida atigi 24-oʻrinni egallagan. 1998-yilda Osiyo oʻyinlarining bronza medali sovrindori boʻlgan. 1999-yilgi jahon chempionatida 21-oʻrinni egallagan.
Mukofotlari va unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Shuhrat“ medali (1996)[1]
- Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (1998)[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 16 avgust 1996 года № УП-1506 «О награждении группы спортсменов и спортивных тренеров республики
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 27 avgust 1998 года № УП-2074 «О награждении в связи с семилетием независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просветительства, средств массовой информации и социальной сферы