(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Inglizlar - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Inglizlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Inglizlar britanlar, (oʻzlarini inglish deb ataydilar) — xalq. Buyuk Britaniyaning asosiy aholisi. Umumiy soni (48,5 mln. kishi, 1990-yillar oʻrtalari), jumladan, Buyuk Britaniyada 44,7 mln. kishi, Kanadada 1 mln. kishi, Avstraliyada 940 ming kishi, AQShda 650 ming kishi, JAR da 230 ming kishi, Hindistonda 200 ming kishi, Yangi Zelandiyada 188 ming kishi yashaydilar. Ingliz tilire. gaplashadi. Dindorlar, asosan, anglikanlar. Yevropeoid irqiga mansub. Britaniya orollarida mil. av. 1ming yillik oʻrtalarida kelt qabilalari (brittlar va b.) yashar edi. Mil. 5—6-asrlarda bu yerlarga materikdan german kabilalari — angllar, sakslar, yutlar kelib oʻrnashdilar. Ular kelilarning bir qismini oʻzlariga singdirdi, bir kismini esa Shotlandiya, Uels va Kornuoll togʻlariga siqib chiqardilar. 7— 10-asrlarda, anglosaks elati vujudga keldi. Angliya 1066 yilda normannlar tomonidan bosib olindi. 13—14-asrlarga kelib anglosakslar va normannlar yagona ingliz xalqiga uyushdi. 16-asrda ingliz jonli va adabiy tili vujudga keldi. 17—19-asrlarda Angliya boshqa qitʼalardagi koʻpgina mamlakatlarni oʻz mus-tamlakasiga aylantirdi. Koʻplab I. mustamlaka mamlakatlariga koʻchib bordilar. Natijada I. koʻpgina xalqlar — amerikaliklar (AKShda), avstraliyaliklar, yangi zelandiyaliklarnnt shakllanishida asosiy komponentlardan biri boʻldi. Inglizlarning hayoti va ijtimoiy turmushida anʼanaviy xususiyatlar koʻp saqlanib qolgan (yana q. Buyuk Britaniya).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil