(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Iprit - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Iprit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iprit, (Z, r’-dixlordietilsulfid, S(CH2CH2C1)2 — zaharlovchi modda. Rangsiz, moysimon sarimsoq piyoz yoki xantal hidi keladigan suyuklik. Mol. m. 159,08. Suyuqlanish temperaturasi 14,5°; kaynash temperaturasi 217° (ajralish bilan); zichligi 1,274 g/sm3, 20° da uchuvchanligi 0,6 mg/l. Suvda yomon (20° da 0,08%) eriydi. I. nafas aʼzolari, teri va meʼda-ichak orkali turli holatda (bugʻ, aerozol, tomchi) organizmni kuchli zaharlaydi. Suv taʼsirida sekin gidrolizlanadi. Suvsiz muhitlarda tio-sulfatlar, karbon kislotalarning tuzlari, alkogolyatlar, ishqoriy me-tallarning fenolyatlari bilan reaksiyaga kirishadi. Kuchli oksidlovchilar (ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning gipoxloritlari) I. molekulalarini destruksiyalaydi (parchalaydi). Reaksiya mahsulotlari zaharli emas. Shu sababli bu reaksiyalardan I.ni zararsizlantirishda foydalaniladi. Ilk bor I.ni zaharlovchi modda sifatida 1917 yilda Germaniya Belgiyaning Ipr (nomi shundan olingan) sh. yaqinida qoʻllagan. I.dan saqlanish uchun protivogaz va tanani himoya qiladigan vositalardan foydalaniladi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil