(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Joanna Vanderham - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Joanna Vanderham

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Joanna Vanderham
Tavalludi
Joanna Rosie-Le Van Der Ham

17-oktyabr 1990-yil (1990-10-17) (33 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2011-yildan
Onasi Jill Belch

Joanna Vanderham(1990-yil 17-oktabrda tugʻilgan)[1][2]-Shotlandiya aktrisasi.[3] U Sky One kriminal dramasi The Runaway (2011) filmidagi roli uchun Xalqaro Emmi mukofotiga nomzod boʻlgan.

Vanderham Pertda tugʻilgan. BolaligiSkon va Dandida oʻtgan. Uning otasi Tom, gollandiyalik biznesmen va onasi Jil Belch Ninewells kasalxonasida yurak-qon tomir tadqiqotlari boʻyicha professor. Ota-onasi u bolaligida arashishgan. Uning ikki singlisi va bir akasi bor[4].

Vanderham Skondagi Robert Duglas memorial maktabida, keyin esa Dandi oʻrta maktabida oʻqigan. Keyinchalik Kardiffdagi Qirollik Uels musiqa va drama kollejida aktyorlik boʻyicha oʻqishni davom ettirgan[5].

Vanderham aktyotlik faoliyatini 2011-yilda Martina Koulning romaniga moslashtirilgan Sky TV olti qismli "The Runaway " jinoyat dramasida Cathie Konnor rolidan boshlagan[6]. U, shuningdek, BBC One biografik dramasi Young James Herriot filmida yordamchi rol oʻynagan[7].

2012-yildan 2013-yilgacha Vanderham Emile Zolaning " Au Bonheur des Dames „ romani asosida suratga olingan “The Paradise" teleserialida Denis Lovett rolini oʻynagan. U Aleksandr Skarsgard va Julianne Moore bilan "What Maise Knew" filmida Margo rolini oʻynagan.

Vanderham Stiven Poliakoff rejissorliboʻlgan BBC dramasida Pamela Luscombe rolini oʻynagan[8]. 2015-yilda u BBC Two " Banished " drama serialida[9] Ketrin „Kitti“ MakViti rolini oʻynagan.

Vanderham Londondagi Almeida teatrida Richard III spektaklida Qirolicha Anna rolini ijro etgani uchun 2016-yilda Ian Charleson mukofotiga sazovor boʻlgan[10][11][12].

Shuningdek, 2016-yilda Vanderham „ The Boy with the Topknot“ romantik televizion filmida rol oʻynagan. Keyingi yili u „ One of Us mini-serialida Claire Elliot rolini va " Man in a Orange Shirt „ ikki qismli dramasida yosh Flora obrazini oʻynagan.

U DC ning “Legends of Tomorow" filmining beshinchi mavsumida Atropos rolini oʻynagan. U 2021-yilda Irvine Welshning xuddi shu nomdagi romaniga moslashtirilgan BritBox " Crime " serialida rol ijro etgan.

Shaxsiy hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vanderham Sharqiy Londonning Hackney shahrida yashaydi[13].

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2012-yil What Maise Knew Margo
2013-yil Blackwood Jessica
2017-yil And Then I Was French Cara
2022 Eddie and Sunny Sunny
Yil Sarlavha Rol Izohlar
2011-yil The Runaway Keti Konnor Asosiy rol; mini-seriallar
Young James Herriot Jenni Myurxed Mini-seriallar
2012-yil Above Suspicion Amanda Delany 3 qism
2012-2013 The Paradise Denis Lovett Bosh rol
2013-yil Dancing on the Edge Pamela Luskomb Bosh rol
2013-yil Marpl Elli Epizod: „Tunmas tun“
2015-yil Banushe5 Ketrin „Kitty“ MakViti Bosh rol
2015-yil The Go-Betwen Marian Maudsley Televizion film
2016-yil One of Us Kler Elliot Asosiy rol; mini-seriallar
2017-yil Man in a Orange Shirt Flora Talbot 1-qism
2017-yil The Boy With The Topknot Laura Televizion film
2019 Tanner Keytlin Epizod: „Bolaning muammosi bor“
2019 — hozirgi kungacha Warrior Penelopa Bleyk Bosh rol
2020 Legends of Tomorrow Atropos Takroriy rol; 5 qism
2021-yil Crime Amanda Drummond Bosh rol
2022 The Control Room Sam Bosh rol
  1. Banished: About Joanna Vanderham, BBC, access date 28 June 2016
  2. Rising Scots star Joanna Vanderham on Banished, The Herald (Glasgow), access date 29 June 2016
  3. McGinty, Stephen. „Interview: Joanna Vanderham on nudity in Dancing On The Edge and ʻfake drunk acting’“. The Scotsman (4-fevral 2013-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
  4. „Joanna Vanderham interview for Dancing on the Edge“. The Telegraph (4-fevral 2013-yil). Qaraldi: 4-fevral 2013-yil.
  5. „The Runaway: Joanna Vanderham Biography – Sky1 HD“. Sky UK. Qaraldi: 9-may 2012-yil.
  6. Mainwaring. „Joanna Vanderham lands role in Sky One's The Runaway“. WalesOnline (20-mart 2011-yil). Qaraldi: 9-may 2012-yil.
  7. „Cast announced for Young James“. Primetime.unrealitytv.co.uk (3-iyul 2011-yil). 24-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-may 2012-yil.
  8. „The Runaway by Martina Cole coming to the small screen“. Dangerouslady.co.uk. 11-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-may 2012-yil.
  9. „BBC Two – Banished – Katherine McVitie“. BBC. Qaraldi: 22-avgust 2015-yil.
  10. Hawkins. „Paapa Essiedu wins the Ian Charleson award 2016“ (11-iyun 2017-yil).
  11. Snow. „Paapa Essiedu wins 2016 Ian Charleson award“. The Stage (6-iyun 2017-yil).
  12. „Ian Charleson Awards 2016“. WestEndTheatre.com (6-iyun 2017-yil).
  13. Jamieson. „Joanna Vanderham on Irvine Welsh's Crime“ (20-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 20-fevral 2022-yil.