(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Kitakami (Iwate) - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Kitakami (Iwate)

Koordinatalari: 39°17′12.3″N 141°6′47.6″E / 39.286750°N 141.113222°E / 39.286750; 141.113222
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kitakami

北上ほくじょう
Shahar
Skyline of Kitakami
Kitakami
Bayroq
39°17′12.3″N 141°6′47.6″E / 39.286750°N 141.113222°E / 39.286750; 141.113222
Mamlakat Yaponiya
Mintaqa Tōhoku
Hukumat
 • Mer Toshihiko Takahashi
Maydon 437.55 km2 (168.94 kv mi)
Aholisi
 (2023-yil 1-fevral)
92 875
Kitakami xaritada
Kitakami
Kitakami
Kitakami shahridagi Tenshochi bogʻi

Kitakami (yaponcha: 北上ほくじょう Kitakami-shi?) – Yaponiyaning Iwate prefekturasida joylashgan shahar[1].

Kitakami Iwate prefekturasining janubi-markazida, Kitakami daryosi vodiysida, prefektura poytaxti Moriokadan taxminan 45 km janubda va Tokiodan 490 km shimolda joylashgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iwate prefekturasi

Kitakami nam iqlimga ega (Köppen Cfa) Yozi iliq, qishi sovuq. Kitakamida oʻrtacha yillik harorat 10,5 °C atrofida yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1319 mm, eng yomgʻirli oy sentyabr, eng qurgʻoqchil oy esa fevral oyi, avgustda eng yuqori harorat 24,3 °C atrofida, eng pasti esa yanvarda −2,4 °C atrofida pastlashadi[2].

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitakami aholisi bir necha oʻn yillik oʻsishdan soʻng, yaqindan boshlab kamaya boshlagan[3].

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
192043,431—    
193047,101+8.5%
194052,622+11.7%
195067,097+27.5%
196070,032+4.4%
197068,074−2.8%
198076,633+12.6%
199082,902+8.2%
200091,501+10.4%
201093,147+1.8%
202093,045−0.1%

Kurosawajiri shahri 1891-yil 1-aprelda Meiji davrida zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan tashkil etilgan. Zamonaviy Kitakami shahri 1954-yil 1-aprelda Kurosawajiri shahrining Iitoyo, Futako, Saraki, Oniyanai, Aisari va Fukuoka qishloqlari bilan birlashishi natijasida tashkil etilgan.

Kitakami toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 13 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi bilan mer-kengash boshqaruv shakliga ega[4].

Kitakami iqtisodiyoti anʼanaviy qishloq xoʻjaligiga ega ammo, Senday va Morioka bilan Toxoku ekspress yoʻli orqali kirish qulayligi tufayli, hudud tez sur’atlar bilan yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va yuk tashish markaziga aylangan.

Taʼlim tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitakami shahrida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 17 ta davlat boshlangʻich maktabi, 9 ta davlat oʻrta maktabi va Ivate prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan 5 ta davlat oʻrta maktablari joylashgan.