Mario Stanić
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 10-aprel 1972-yil | ||
Tavallud joyi |
Sarajevo, SR Bosniya va Gersogovina, SFR Yugoslaviya | ||
Boʻyi | 1.87m | ||
Ampluasi | Yarimhimoaychi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Željezničar | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1988—1992 | Željezničar | 63 | (17) |
1992—1993 | Croatia Zagreb | 26 | (11) |
1993—1994 | Sporting Gijón | 34 | (7) |
1994—1995 | Benfica | 14 | (5) |
1995—1996 | Club Brugge | 37 | (27) |
1996—2000 | Parma | 77 | (19) |
2000—2004 | Chelsea | 59 | (7) |
Milliy terma jamoa | |||
1991 | Yugoslaviya | 2 | (0) |
1993 | Xorvatiya U21 | 2 | (1) |
1995—2003 | Xorvatiya | 49 | (7) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Mario Stanić (talaffuzi: Mario Stanich)(1972-yil 10-aprelda tugʻilgan) — xorvatiyalik sobiq futbolchi. Koʻp qirrali hujumkor oʻyinchi boʻlgani uchun u hujumchi yoki hujumkor yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stanić oʻz faoliyatini Željezničar Sarayevoda boshlagan. U sobiq Yugoslaviyadagi eng iqtidorli yosh futbolchilardan biri sanalardi. 1992-yilda urush boshlangan va Stanić Sava daryosi boʻylab oʻtayotgan Slavonski Brodga qochib, Xorvatiyaga koʻchib oʻtgan va u yerda Xorvatiya Zagreb jamoasida oʻynagan. Bir mavsumdan soʻng Stanić Ispaniyaning „Sporting de Gijon“ klubiga, oradan bir yil oʻtib esa Portugaliyaning „Benfika“ klubiga oʻtgan. 1995-yilda u "Brugge" klubiga kelib qoʻshilgan va oʻsha yili 20 ta gol bilan Belgiya birinchi divizionining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Keyin „Parma“ uni 1996-yil oxirida sotib olgan va u Italiya jamoasi safida toʻrt mavsum oʻtkazgan.
Chelsea
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stanić 2000-yil iyun oyida 5,6 million funt evaziga "Chelsea"ga oʻtgan. U Jimmy Floyd Xasselbaink va Eydur Gudyonsendan keyin Chelseaning uchinchi transferi boʻlgan[1]. Stanić ligadagi debyutini 2000-yil avgust oyida „West Ham United“ ga qarshi uyinda maydonga tushgan va 35 metrdan gol muallifiga aylangan[2]. Bu gol keyinroq BBCning „ Kunning oʻyini“ dasturida „ Mavsumning eng yaxshi goli“ nominatsiyasiga daʼvogar boʻlgan[3].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yilda Yugoslaviya terma jamoasi safida ikki marta maydonga tushganidan soʻng, Stanić 1995/2003-yillar oraligʻida Xorvatiya terma jamoasi safida 49ta xalqaro oʻyinda gʻalaba qozongan va 7ta gol urgan[4]. 1995-yil sentabrida Estoniyaga qarshi Yevro-1996 saralash oʻyinida xalqaro debyut qilgan. U Xorvatiya terma jamoasi safida Angliyada boʻlib oʻtgan yevro-1996 finalida uchta oʻyin oʻtkazgan va 1998-yilda Fransiyada boʻlib oʻtgan FIFA Jahon chempionati finalida jamoaning yettita oʻyinida qatnashgan va bronza medalini qoʻlga kiritgan. Oxirgi turnirda u Xorvatiya terma jamoasining Yamayka ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida birinchi Jahon chempionatidagi golini kiritgan va chorak finalda Germaniya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonilganda Robert Jarnining birinchi goliga assistentlik qilgan. Stanić, shuningdek, Xorvatiya terma jamoasi bilan 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati finalida ikkinchi boʻlimda zahiradan maydonga tushgan. Uning soʻnggi xalqaro oʻyini 2003-yil aprel oyida Shvetsiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan[5].
U 2003/2004-yilgi liga mavsumida tizzasidan jiddiy jarohat olib, 32 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Liga Kubogi | Qitʼa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Željezničar Sarajevo | 1988—1989 | Yugoslaviya Birinchi Divizioni | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | 0 | 0 | ||
1989—1990 | 14 | 0 | 0 | 0 | - | - | 14 | 0 | ||||
1990—1991 | 28 | 1 | 1 | 0 | - | - | 29 | 1 | ||||
1991—1992 | 21 | 11 | 5 | 1 | - | - | 26 | 12 | ||||
Jami | 63 | 12 | 6 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 69 | 13 | ||
Croatia Zagreb | 1992—1993 | Prva HNL | 26 | 11 | 9 | 8 | - | - | 35 | 19 | ||
Sporting Gijon | 1993—1994 | La Liga | 34 | 7 | 4 | 3 | - | - | 38 | 10 | ||
Benfica | 1994—1995 | Primeira Divisão | 13 | 5 | 1 | 0 | 1 | 0 | - | 15 | 5 | |
Brugge | 1995—1996 | Belgiya Birinchi Divizioni | 30 | 20 | 5 | 4 | 1 | 0 | 4 | 1 | 40 | 25 |
1996—1997 | 7 | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 6 | 1 | 13 | 8 | ||
Jami | 37 | 27 | 5 | 4 | 1 | 0 | 10 | 2 | 53 | 33 | ||
Parma | 1996—1997 | Serie A | 13 | 3 | - | - | - | 13 | 3 | |||
1997—1998 | 23 | 4 | 5 | 1 | - | 4 | 0 | 32 | 5 | |||
1998—1999 | 18 | 7 | 7 | 0 | - | 6 | 0 | 31 | 7 | |||
1999—2000 | 24 | 6 | 1 | 0 | 0 | 0 | 9 | 4 | 34 | 10 | ||
Jami | 78 | 20 | 13 | 1 | 0 | 0 | 19 | 4 | 110 | 25 | ||
Chelsea | 2000—2001 | Premier Liga | 12 | 2 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 15 | 2 |
2001—2002 | 27 | 1 | 4 | 1 | 2 | 0 | 2 | 0 | 35 | 2 | ||
2002—2003 | 18 | 4 | 3 | 1 | 2 | 1 | 2 | 0 | 25 | 6 | ||
2003—2004 | 2 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 5 | 0 | ||
Jami | 59 | 7 | 9 | 2 | 6 | 1 | 5 | 0 | 80 | 10 | ||
Karyerada jami | 310 | 88 | 42 | 17 | 3 | 0 | 34 | 6 | 400 | 114 |
Xalqaro maydondagi gollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 1996-yil 10-aprel | Gradski vrt, Osijek | Vengriya | 4 — 1 | 4 — 1 | Oʻrtoqlik |
2-3 | 1998-yil 22-aprel | Gradski vrt, Osijek | Polsha | 2 — 0 | 4 — 1 | Oʻrtoqlik |
3 — 0 | ||||||
4 | 1998-yil 14-iyun | Feliks-Bolaert, Lens | Yamayka | 1 — 0 | 3 — 1 | Jahon chempionati 1998 |
5 | 1999-yil 21-avgust | Maksimir, Zagreb | Malta | 1 — 0 | 2 — 1 | Yevro-2000 saralashi |
6 | 1999-yil 9-oktyabr | Maksimir, Zagreb | Yugoslaviya | 2 — 2 | 2 — 2 | Yevro-2000 saralashi |
7 | 2000-yil 26-aprel | Ernst Happel, Vena | Avstriya | 2 — 1 | 2 — 1 | Oʻrtoqlik |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xorvatiya Zagreb
- Prva HNL : 1992—1993
Brugge
- Belgiya birinchi divizioni : 1995—1996
- Belgiya kubogi : 1995—1996
Parma
- UEFA kubogi : 1998—1999
- Italiya kubogi : 1998—1999
Chelsea
- FA : 2000-yil
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xorvatiya
- FIFA Jahon chempionati uchinchi oʻrin: 1998
Ordenlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Chelsea sign Croatian star“. BBC News. British Broadcasting Corporation (28-iyun 2000-yil). Qaraldi: 31-mart 2012-yil.
- ↑ „Stanic brace sinks Hammers“. BBC Sport. British Broadcasting Corporation (20-avgust 2000-yil). Qaraldi: 31-mart 2012-yil.
- ↑ „Super Mario arrives“. BBC Sport. British Broadcasting Corporation (15-may 2001-yil). Qaraldi: 31-mart 2012-yil.
- ↑ Mario Stanic — International Appearances — RSSSF
- ↑ „Player Database“. eu-football.info. Qaraldi: 22-may 2021-yil.
- ↑ „ODLUKU KOJOM SE ODLIKUJU REDOM DANICE HRVATSKE S LIKOM FRANJE BUČARA“ (xorvatcha). hrvatska.poslovniforum.hr.
- ↑ „PREDSJEDNIK TUDJMAN ODLIKOVAO HRVATSKU NOGOMETNU REPREZENTACIJU“ (xorvatcha). hrt.hr. 8-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- 10-aprelda tugʻilganlar
- 1972-yilda tugʻilganlar
- Angliyadagi muhojir futbolchilar
- Italiyadagi muhojir futbolchilar
- Ispaniyadagi muhojir futbolchilar
- Serie A futbolchilari
- La Liga oʻyinchilari
- Xorvatiya futbolchilari
- Bosniya va Gersegovina futbolchilari
- Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari
- Yashayotgan insonlar
- Erkak futbolchilar