Marisol Prado
Marisol Rossana Prado Villegas | |
---|---|
Chili universiteti talabalar federatsiyasi prezidenti | |
Mansab davri 1997 – 1998 | |
Oʻtmishdoshi | Rodrigo Roco |
Vorisi | Ivan Mlynarz |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
5-aprel 1968-yil Santyago, Chili |
Millati | Chili |
Kasbi | Psixiatr, akademik |
Rossana Marisol Prado Villegas (1968-yil 5-aprelda Santyago shahrida tugʻilgan)[1] — chililik shifokor, psixiatr va akademik. 1906-yil tashkil etilgan Chili universiteti talabalar federatsiyasining 2010-yilgacha yagona va ilk ayol prezidenti.
Hayoti va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Prado Chili universitetida tibbiyot yoʻnalishida tahsil olgan. 1995-yilda Chili Kommunistik yoshlar partiyasiga aʼzo boʻlgan. Rodrigo Roco davrida talabalar federetsiyasining kommunikatsiya va bosh kotibi sifatida faoliyat olib borgan. 1997-yilda taxminan 40% ovoz bilan federatsiya prezidenti etib saylangan. Uning talabalar bosh rahbari sifatidagi faoliyati davomida Chili 1990-yillarda talabalarning eng muhim ommaviy safarbarliklaridan birini boshdan kechirgan. 1990-yil mart oyida Augusto Pinoshet davlat rahbari sifatida soʻnggi (Oʻqituvchilik toʻgʻrisidagi) konstitutsiyaviy qonunni qabul qilgan. Buning natijasida amalga oshirila boshlagan oliy taʼlimni xususiylashtirish jarayoniga javoban ushbu safarbarlik e’lon qilingan.
Katolik cherkoviga yaqin boʻlgan Prado 1998-yilda Mintaqaviy yoshlar yigʻilishida ishtirok etgan. U New left universitet harakatining asoschilaridan biri boʻlgan.
Prado doktoranturadan keyingi taʼlimni psixiatriya va klinik psixologiya yoʻnalishida Barselona avtonom universitetida tamomlagan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Prado hozirda Chili universiteti tibbiyot fakultetida yordamchi professor sifatida faoliyat yuritadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Programa Internacional de Becas de la Fundación Ford“. Qaraldi: 2024-yil 19-aprel.