(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Melizmlar - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Melizmlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Melizmlar (yun. melisma — qoʻshiq, kuy), ornamentika, musiqa bezaklari — vokal va cholgʻu musikada muayyan shaklga ega (mas, trel, forshlag, girift, kashish va boshqalar) yoki erkin tarzda ijro etiladigan (passaj, fioritura, qochirim, pola, molish) barcha ohang bezaklari, kuyning asosiy pogʻonalarini oʻzgartiradigan qoʻshimcha tovushlar. M. kuy ohangdorligini, taʼsirchanligini oshiruvchi, kuproq lirik mazmunni boyituvchi vositalar sifatida musiqa sanʼatiga keng joriy etilmoqda. M. xalq musiqa ijodiyoti va ijrochiligi, xususan, badiha sanʼati, bastakorlik x.amda kompozitorlik ijodiyotida uzok, oʻtmishdan davom etib kelayotgan anʼanalarning mahsulidir. M.ga oid maʼlumotlar Oʻrta asr Sharq musiqa risolalarida oʻz aksini topgan: Mahmud ash-Sheroziy (13-asr) sozlarda ijro etish uslublari borasida fikr yuritib, sozandalar kuylarni bezaklar bilan boyitishi lozimligini taʼkidlagan, Jomiy esa kuy bezaklarida malaka hosil qilish ijrochining oʻziga bogʻlikligini uqtirgan va oʻz zamonasi amaliyotidan misollar keltirgan.

Har bir xalq musiqasidagi M. oʻziga xos koʻrinishlarga ega. Oʻzbek milliy ijrochiligida krchirim, nola, molish, xonish, kashish kabi M. mavjud. Ulardan torli (tanbur, dutor, gʻijjak, sato kabi) va puflama (nay, surnay, qoʻshnay, boʻlamon) musiqa cholgʻulari va, ayniqsa, xonandalikda keng foydalaniladi.

M.ning nota belgilari 15—16-asrlarda Germaniyada paydo boʻlib, Yevropada, ayniqsa, 17—18-asrlar (Fransiya, Angliya va boshqalar)da keng rivoj topdi va oʻzining muayyan shakllariga ega boʻldi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil