Mixail Gurevich
Qiyofa
Mixail Iosifovich Gurevich (1892.31.12, Kursk viloyati — 1976.25.11, Leningrad) — aviakonstruktor. Planyorlar va samolyotlarni yaratish bilan shugʻullangan. Juda baland va tez uchadigan qiruvchi samolyotlar (MIG) ni loyihalagan va qurgan (Ar. Mikoyan bilan birga). Bu samolyotlar 1941—1945-yillardagi urushda juda ish bergan. Gurevich keyinchalik juda tez uchadigan qiruvchi reaktiv samolyotlarni loyihalash va qurishda ishtirok etgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |