(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Murod Sharifxoʻjayev - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Murod Sharifxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Murod Sharifxoʻjayev (1932.20.8, Toshkent) – iqtisodchi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995), iqtisod fanlari doktori (1976), professor (1978), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1992). Toshkent moliya iqtisod institutini tugatgan (1953). Shu intda aspirant, assistent, katta oʻqituvchi (1953—63), dotsent (1963—67), xalq xoʻjaligini rejalashtirish kafedrasi mudiri (1967—79). Oʻzbekiston Davlat plan qoʻmitasi (Gosplan) qoshidagi Iqtisodiy ilmiy tadqiqot instituti direktori (1975—76), Toshkent xalq xoʻjaligi instituti rektori (1976—86), Qurilish komplekslari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish va kayta tayyorlash instituti prorektori (1986—90), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi (1990—91). Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari va Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi raisi (1994—95), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining rektori (1995-yil aprel—iyul). Toshkent moliya instituti rektori (1991—2005).

Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda kapital qurilishi, iqtisodiy nazariya, respublikaning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiyotni erkinlashtirish, xalq xoʻjaligida tarkibiy oʻzgarishlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, aholini ish bilan taʼminlash va boshqa masalalarga bagʻishlangan. Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik, oʻquv qoʻllanmalari muallifi. 2chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. 2005-yil fevral dan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi.

  • Kapitalnoye stroitelstvo v Uzbekistane i yego materialnotexnicheskaya baza, T., 1971; Ekonomicheskiye problemi proizvodstva stroitelnix materialov, T., 1971; Bozor iktisodiyoti nazariyasi va amaliyoti, T., 2000; Menejment, T., 2001; Uzbekistan. Yangi gʻoyalar, yangi yutuklar, T., 2002; Oʻzbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi, T., 2003; Chelovek, opredelivshey epoxu, M, 2004; Davrni belgilab bergan inson, T., 2004 (hammualliflikda).