(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Nabijon Qosimov - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Nabijon Qosimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nabijon Kasimov

Chapdan oʻngga: Matt Lashey, Nabijon Kasimov va Richard Grenell, 2019-yil 4-iyul, Berlin
 “DUWK Büro” rahbari
 
Mansab davri
2024-yil martdan
Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchisi
Mansab davri
2017-yil 23-oktyabrdan – 2023-yil 26-sentyabrgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Baxtiyor Gʻulomov
Vorisi Dilshod Ahatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-noyabr 1970-yil (1970-11-05) (53 yosh)
Toshkent
Mukofotlari
Vebsayti DUWK Büro

Nabijon Sadikdjanovich Kasimov - o‘zbek diplomati va xalqaro iqtisodchi. Germaniya-O‘zbekiston biznes hamkorligi byurosi "DUWK Büro" rahbari.[1] 2017-yildan 2023-yilgacha Germaniya, Shveysariya, Shvetsiya va Chexiyada O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi bo‘lib ishlagan.[2][3] Shuningdek, O‘zbekiston Xususiy turizm tashkilotlari assotsiatsiyasi raisi lavozimini egallagan va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari bo‘lgan.

Nabijon Kasimov 1988-yilda Toshkentdagi o‘rta maktabni medal bilan tugatgan. 1988-yildan 1993-yilgacha Toshkent davlat sharqshunoslik Instituti xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetida tahsil olgan. 1997-yildan 1998-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida o‘qib, xalqaro iqtisodiy munosabatlar bo‘yicha magistr darajasini olgan.[4][5]

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yildan 1999-yilgacha O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi qoshidagi "Uzmarkazimpex" tashqi savdo kompaniyasida paxta tolasi eksporti bilan shug‘ullangan. 1996-yilda AQShning Memfis shahrida Xalqaro paxta institutida ta'lim olgan. Shuningdek, 1996-1999 yillarda New York Cotton Exchange (AQSh), Liverpool Cotton Exchange (Buyuk Britaniya) va Bremer Baumwollbörse (Germaniya) kabi xalqaro kompaniyalar va tovar birjalarida malaka oshirgan.

1999-yil avgust oyida Nabijon Kasimov Germaniyadagi O‘zbekiston elchixonasida Ikkinchi kotib etib tayinlangan va 2003-yilgacha ishlagan, bu davrda Savdo-iqtisodiy maslahatchisi lavozimiga erishgan.

2003-yildan 2004-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida tashqi savdo kompaniyalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha guruhga rahbarlik qilgan.

2004-yilda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashkil etilganidan so‘ng, uning Birinchi kongressida Tashqi iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari etib saylangan. 2008-yildan 2013-yilgacha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Boshqaruv a’zosi va Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha rais maslahatchisi bo‘lgan.

2013-yilda O‘zbekiston Xususiy turizm tashkilotlari assotsiatsiyasi raisi etib saylangan.

2017-yildan 2023-yilgacha Germaniyada O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi bo‘lgan.[6] Shuningdek, 2018-2023 yillarda Shveysariya va Shvetsiyada, 2019-2023 yillarda esa Chexiyada O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qo‘shma tayinlash asosida) bo‘lib ishlagan.[7][8][9][10]

2017-yilning 28-noyabr kuni Germaniya Prezidenti Frank-Walter Steinmeierga ishonch yorliqlarini topshirdi.[11] 2018-yilning 29-avgust kuni Shvetsariya Prezidenti Alain Bersetga ishonch yorliqlarini topshirdi.[12] 2018-yilning 13-dekabr kuni Shvetsiya Qiroli Carl XVI Gustafga ishonch yorliqlarini topshirdi.[13] 2019-yilning 21-fevral kuni Praga shahrida Chexiya Prezidenti Miloš Zemanga ishonch yorliqlarini topshirdi.[14]

2024-yil mart oyidan boshlab Nabijon Kasimov Germaniya-O‘zbekiston biznes hamkorligi byurosi “DUWK Büro” rahbari sifatida faoliyat yuritmoqda.[15]

2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.