Otbosar
Otbosar qoz. Атбасар | |
---|---|
shahar | |
51°48′0″N 68°22′0″E / 51.80000°N 68.36667°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Akmola viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Otbosar tumani |
Hukumat | |
Asos solingan | 1845 |
Iqlim turi | keskin kontinental |
Aholisi (2012) |
29,909 |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 71643 [1] |
Pochta indeks(lar)i | 020400[2] |
Avtomobil kodi | C, 03 |
|
Otbosar — (qoz. Атбасар) shahar, Akmola viloyatidagi Otbosar tumanining maʼmuriy markazi (1928). Astana shahridan shimoli-gʻarbga tomon 232 km masofada, Jabay daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Shahar aholisining soni 1897-yil 3 ming, 1997-yil 35,3 ming, 2006-yil 29,1 ming 2012-yil 29 909 kishini tashkil qildi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Poydevori 1846-yili qurilgan. 19-asrning 40 — 50 yillarida oʻzi bilan nomdosh okrugning, 1869-yildan Akmola viloyati Sarisu vezining markazi. Oktyabr revolyutsiyasigacha bunda yiliga Otbosar (Petrov) yarmarkasi oʻtkazilib turdi. 1928-yil tuman markaziga aylandi. Akmola — Qartali temir yoʻlining barpo etilishi (1940) shaharning undan ham rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratib berdi.
Sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ulugʻ Vatan urushi vaqtida shaharga chetdan koʻplab aholi va bir nechta korxonalar koʻchirilib keldi. Otbosarda batamom mexanikalashtirilgan, yangi texnika bilan jihozlangan Qozogʻistondagi eng yirik elevatorlarning biri ishga tushurildi. Hozirgi kunda avtomobil, qishloq xoʻjaligi texnikasini taʼmirlash, qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi, v.b. korxonalar faoliyat yuritmoqda. Shaharda qishloq xoʻjaligini mexanikalantiruvchi va elektrlandiruvchi mutaxasislar toyyorlaydigan kolledj, oʻrta va asosiy, musiqa maktablari bor [3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Телефонные коды
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ Qozoq ensiklopediyasi