(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Otto Fritz Meyerhof - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Otto Fritz Meyerhof

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Otto Fritz Meyerhof (1884.12.4, Gannover - 1951.6.10, Filadelfiya) — nemis biokimyogari. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1949). Tibbiyot doktori (1909). Filadelfiyadagi Pensilvaniya universiteti professor (1940-yildan). Asosiy ilmiy ishlari muskullarning qisqarishi biokimyosiga oid. Uglevodlarning fermentlar taʼsirida oʻzgarishi va u bilan bogʻlangan holda adenozintrifosfat qamda kreatinfosfatning oʻzgarishini tadqiq qildi. Ishlayotgan va tinch turgan muskullarda uglevodlarning anaerob parchalanishi bilan aerob sintezi oʻrtasidagi bogʻlanish (Paster-Meyergof sikli)ni taʼriflab berdi, uglevodlarning ki-myoviy oʻzgarishida ajralib chiqadigan energiya muskul qisqarishi jarayonida sarf boʻlishini aniqladi. Nobel mukofoti laureati (1922).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil