(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Pepe Képler - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Pepe Képler

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pepe
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kepler Laverán de Lima Ferreira[1]
Tavallud sanasi 26-fevral 1983-yil (1983-02-26) (41 yosh)[1]
Tavallud joyi Maseyo, Braziliya
Boʻyi 1.87 m[2]
Ampluasi Markaziy himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1995—2001 Corinthians Alagoano
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001—2002 Marítimo B 14 (1)
2002—2004 Marítimo 63 (3)
2004—2007 Porto 64 (6)
2007—2017 Real Madrid 290 (13)
2017—2018 Beşiktaş 33 (5)
2019—2024 Porto 132 (7)
Total 535 (35)
Milliy terma jamoa
2007—2024 Portugaliya 141
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Kepler Laveran de Lima Ferreyra (portugalcha: Képler Laveran Lima Ferreira "Pepe"; 26 fevral 1983, Maseyo) – Pepe nomi bilan tanilgan portugal-braziliyalik, sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. Pepe oʻz avlodining eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan[3].

Braziliyada tugʻilib oʻsgan Pepe 2004-yilda Portu jamoasiga oʻtishdan oldin Maritimo bilan shartnoma imzolash uchun Portugaliyaga koʻchib oʻtgan. Portudagi ilk faoliyati davomida u ikki marta Primeira Liga, ikkita Taças de Portugaliya va Qitʼalararo kubokni qoʻlga kiritgan. Uch yil oʻtgach, „Real Madrid“ klubiga koʻchib oʻtgan va klubning asosiy tayanchiga aylangan va 15 ta asosiy sovrinni qoʻlga kiritgan. Real Madriddagi faoliyati davomida uchta La Liga, ikkita FIFA Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati, ikki marta Ispaniya kubogi va uchta UEFA Chempionlar Ligasi sohibi boʻlgan. UEFA Chempionlar Ligasidagi uchta gʻalabada ham hal qiluvchi rol oʻynaygan[4]. Pepe 2017-yilda Turkiyaning „Beshiktosh“ klubi bilan shartnoma imzolagan va 2019-yilda „Portu“ jamoasiga qaytgan. „Dragoes“ klubiga ikkinchi bor qaytishida ikkita liga, toʻrtta Taças de Portugal va bir Taça da Liga chempionligini qoʻlga kiritgan.

Xalqaro miqyosda Képler Portugaliya terma jamoasi uchun toʻrtta FIFA Jahon kubogi va beshta UEFA Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Pepe 2016-yilgi UEFA Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan, final oʻyinining eng yaxshi oʻyinchisi va 2008, 2012 va 2016-yillarda UEFA Yevro Turnir jamoasi nominatsiyasiga sazovor boʻlgan. Shuningdek, 2019-yilda UEFA Millatlar Ligasining ilk gʻolibi boʻlgan. 2007 va 2024-yillardagi debyuti oraligʻida Pepe 141 oʻyin oʻtkazgan. 2024-yilning 8-avgustida Pepe 23 yillik professional faoliyatidan soʻng futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan[5].

18 yoshida Braziliyadan Portugaliyaning Maritimu klubi safiga qoʻshildi. Uch yilda davomida yoshlar jamoasida oʻynadi. Anatoliy Bishovets qoʻl ostida u himoya, hujumkor yarim himoyada va hatto hujumchi sifatida ham oʻynadi. 2004 yilda klubni tark etdi.

Portu futbolchi uchun 1 mln. yevro va hamda yana uch futbolchini berishga rozi boʻldi.
Pepe oʻzining Portudagi birinchi mavsumida asosan zahiradan maydonga tushdi. U asosan oʻsha vaqtlardagi jamoa faxriysi Pedro Emanuel, Xorxe Kosta va Rikardu Koshtalar oʻrniga maydonga tushdi. Lekin keyingi mavsumdan u Adrianse So qoʻl ostida tarkibning asosiy oʻyinchisi boʻla oldi. U Portudagi eng yaxshi himoyachilardan biri boʻlishga erishdi. Oʻsha mavsumda Portu ichki chempionatda gʻolib boʻldi.

Portuda oʻzini koʻrsatishga muvaffaq boʻldi. Isteʼdodli himoyachi ekanligini isbotlay oldi va 2007-yili Portudan Real Madrid jamoasiga qoʻshildi.

2007-yil 10-iyul kuni Real Madrid jamoasi futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzgan. Unga koʻra, jamoa unga besh yilga 30 mln. yevro maosh toʻlashi belgilangan[6]. 2008-yil 15-martda Pepe Deportivo jamoasi bilan boʻlgan oʻyinda oʻzining darvozasiga gol kiritib qoʻygan va oqibatda jamoasi 1-0 hisobida magʻlub boʻlgan. Lekin shu mavsumda jamoa La Liga gʻolibi boʻldi. Pepe esa Barselona bilan oʻtgan 1-0 gʻalabali oʻyinda eng yaxshi oʻyinchi nomiga sazovor boʻldi, u deyarli bir oʻzi raqibning hujumlarini toʻxtatishga erishgan edi.
21-aprel 2009-yili Xetafe bilan boʻlgan oʻyinda raqib futbolchilariga boʻlgan qoʻpol munosabatidan soʻng, u 10 ta oʻyindan chetlashtirildi va uning uchun mavsum tugadi.
2009/10 mavsumda Pepe yana asosiy tarkibdan joy oldi. 4 oktabr 2009 yili Sevilya bilan boʻlgan oʻyinda u oʻzining debyut golini kiritdi. Shu yilning 12 dekabrida esa Valensiya bilan boʻlgan oʻyinning birinchi boʻlimning soʻnggi vaqtida noqulay yiqilish oqibatida tizzasidan jarohat oldi va olti oy muddatga safdan chiqdi.[7] 17 dekabrda esa Pepe jarroxlik amaliyotini boshdan kechirdi.[8] Bu jarohati uning 2010-yilda boʻlib oʻtadigan Jahon Chempionatida qatnashishiga toʻsqinlik qilishi mumkin edi.
30 may 2010 yilda Portugaliya milliy futbol terma jamoasi tibbiy shtabi Pepening jarohati butkul tuzalgani va Jahon Chempionati final bosqichida qatnashishi mumkinligini eʼlon qildi.
12 iyul 2011 yilda Real Madrid bilan shartnomasini 2016 yilgacha uzaytirgan[9].

Erishgan natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qiziqarli faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Pepe „Real Madrid“ning eng tez yuguradigan oʻyinchilar uchligiga kiradi.
  • Pepening sevimli mashgʻuloti – Ov.
  1. 1,0 1,1 „FIFA Confederations Cup Russia 2017: List of players: Portugal“. FIFA (2018-yil 20-mart). 2019-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-mart.
  2. „FIFA World Cup Qatar 2022™: List of Players: Portugal“. FIFA (2022-yil 15-noyabr). 2022-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-noyabr.
  3. * „Pepe named as world's best defender of 2016“. Goal.com (2016-yil 10-noyabr).
  4. Lowe, Sid „Pepe leaves Real Madrid a touch bitter but with inner Hannibal Lecter tamed“. The Guardian (2017-yil 7-iyun).
  5. „Пепе фаолиятини якунлади“ (2021-yil 8-avgust).
  6. Madrid pick up Pepe from Porto; UEFA.com, 10-iyul 2007-yil
  7. На восстановление Пепе потребуется шесть месяцев, 2009-12-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-12-31
  8. Pepe uspeshno prooperirovan[sayt ishlamaydi][sayt ishlamaydi]
  9. „Official announcement“. Real Madrid’s official website. 12-iyul 2011-yil. Retrieved 27-iyul 2011-yil