Risorjimento
Qiyofa
Risorjimento (ital. Risorgimento, aynan — uygʻonish) — italyan xalqining chet el hukmronligiga qarshi va parchalangan Italiyani birlashtirishga qaratilgan milliy ozodlik harakati. Shuningdek, ushbu harakat sodir boʻlgan davr: 18-asr oxiri — 1861-yil; R. 1870-yil Italiya qirolligiga Rimni qoʻshib olinishi bilan yakunlangan. R.ning eng muhim voqealari — 1848—49, 1859—60 yillardagi inqilob; R.ga rahbarlik qilish uchun respublikachi demokratlar (yetakchilari J. Madzini, J.Garibaldi va boshqalar) va liberallar (yetakchilari K.Kavur va boshqalar) oqimlari oʻzaro kurashganlar. Liberal oqim ustun kelib Italiya konstitutsion monarxiya shaklida birlashtirilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |