(Translated by https://www.hiragana.jp/)
Sfinks - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Sfinks

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sfinks, Sfinga – 1) yunon mifologiyasidagi qanotli yarim ayol, yarim urgʻochi sher; Fiva yaqinidagi qoya ustida yashab, yoʻlovchilarga topib boʻlmaydigan topishmoq aytib javob ololmagach, ularni yegan. Sfinks topishmogʻi („Kim ertalab 4 oyoqlab, tushda 2 oyoqlab, kechqurun 3 oyoqlab yuradi?“) javobini Edip topgan (uning javobi: „Inson bolalikda 4 oyoqlab, ulgʻayganda 2 oyoqlab va keksayganda 3 oyoqlab yuradi“); shu javobdan soʻng Sfinks qoyadan oʻzini tashlagan; 2) Qadimgi Misrda tanasi sherniki, kallasi odamniki (baʼzan hayvonniki) boʻlgan afsonaviy maxluq haykali.

Shuningdek, sfinks ichida hech kim bilmaydigan sir yashiradigan yoki ichida alami boʻla turib doim kulib yuradigan kishilarni taʼriflash uchun ishlatiladigan soʻz ham hisoblanadi.


Sfinks soʻzi yunonchadan olingan boʻlib „boʻgish“ deʼgan maʼnoni anglatadi.